Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasining ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
30 may kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasining ishbilarmon doira vakillari va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida “Samarqand - Shensi” biznes forumi va kooperatsiya birjasi o'tkazildi.
Biznes-forum davomida ishtirokchilar e'tiboriga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investrolar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar, tashkil etilgan EIZda faoliyat olib borish uchun qulay shart-sharoitlar xaqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Forum doirasida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va Xitoy xalq Respublikasi Shensi provinsiyasining Iqtisod va qishloq xo'jaligi Assotsiatsiyasi bilan Memorandum imzolandi.
Tadbir doirasida o'tkazilgan “В2В” formatidagi kooperatsiya birjasida Samarkand viloyatining 100 ga tadbirkorlik sub'ektlari Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasidan tashrif buyurgan 20 yaqin kompaniya vakillari bilan uchrashib, ular bilan o'zaro tajriba almashish, xamkorlik aloqalarini o'rnatish, qo'shma korxonalar tashkil etish masalalari bo'yicha o'zaro fikr almashdilar.
O'zSSP Matbuot xizmati
31.05.2018
17:36