Samarkand shahrida “Yosh tadbirkorlar maktabi” talabalari ishtirokida davra suxbati bo'lib o'tdi.
30 may kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan SSP qoshidagi “Samarqand kadrlar tayyorlash markazi”da Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOIKA) ko'magida tashkil etilgan “Yosh tadbirkorlar maktabi” talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suxbati davomida mutaxassislar talabalarning barcha qiziqtirgan savollariga javob berar ekan, o'z navbatida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, korxona ochish tartibi, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga sifatli mahsulotlarni olib chiqish, eksport operatsiyalarini amalga oshirish, xorij xamkorlarni izlab topish borasida ma'lumotlar berildi.
Shu bilan birga tadbirda “Yosh tadbirkorlar maktabi” faoliyatiga ko'maklashish va uni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muxokama etildi.
Qayd etish lozim, “Yosh tadbirkorlar maktabi”da eng zamonaviy va interaktiv usullardan foydalangan holda, talabalar o'z biznesini yo'lga qo'yish, uni rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlar olib borilib, ular orqali talabalar maxsus bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishmoqda.
Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOIKA) – hamkor davlatlarning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini qo'llab quvvatlovchi, bunda bir qator qo'shma loyixalarni tadbiq etivchi tashkilot. KOICA o'zining chet ellardagi 48 vakolatxonalari orqali har–xil grant dasturlarini amalga oshirib, texnik yordamlar ko'rsatadi. KOICAning O'zbekistondagi ofisi amaliy loyihalarni qo'llab-quvvatlashni O'zbekistondagi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishlarni ta'minlashga mo'ljallangan, O'zbekistonning davlat siyosati doirasida, strategiyalarni ishlab chiqish orqali amalga oshiradi.
O'zSSP Matbuot xizmati
31.05.2018
18:20