Tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi va unga yer maydoni qaytarildi
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga “Valijon Vaxobjon Yusufjon” fermer xo'jaligi rahbari V.Nabiev murojaat qilib, Farg'ona viloyati, Oltiariq tuman hokimiyati tomonidan yer maydoni ajratilishida amaliy yordam so'ragan.
Oltiariq tuman hokimiyati 2015 yil 18 dekabrda Farg'ona viloyat xo'jalik sudiga qaytadan da'vo ariza bilan murojaat qilib, Oltiariq tuman hokimiyati va “Valijon Vaxobjon Yusufjon” fermer xo'jaligi o'rtasida 2007 yil 2 fevralda tuzilgan yer maydonini uzoq muddatga ijaraga berish shartnomasini bekor qilish va yer maydonini tuman zaxira fondiga qaytarishni so'ragan.
Farg'ona viloyati xo'jalik sudining 2016 yil 6 yanvardagi hal qiluv qarori bilan Oltiariq tuman hokimining da'vo talablari to'liq qanoatlantirilgan.
Mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish hamda tadbirkorning huquqini himoya qilish maqsadida, Savdo – sanoat palatasi tomonidan fermer xo'jaligi manfaatida Bosh prokuraturaga nazorat tartibida protest keltirish to'g'risida iltimosnoma yuborilgan.
Palata tomonidan kiritilgan iltimosnoma qanoatlantirilib, Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida protest keltirilgan hamda Farg'ona viloyati xo'jalik sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, tadbirkorning huquqi himoya qilingan. Tadbirkorning minnatdorchilik ХАТИ.pdf
O'zSSP Matbuot xizmati
05.06.2018
17:40