• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining bir yillik faoliyati natijalariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

    Joriy yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oya va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” deb nomlanganligi aynan faol tadbirkorlarni, ya'ni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o'rinlari yaratib, nafaqat o'zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni qo'llab-quvvatlash O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining ustuvor vazifasi etib belgilandi.

    Ma'lumki, 2017 yil 19 iyundagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo-sanoat palatasining faoliyatini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarori qabul qilindi.

    21 iyun kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida mazkur xuquqiy xujjatlar ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar va bir yillik faoliyati natijalariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Bu tadbirni bevosita O'zSSPning biznes-jamiyat oldidagi bir yillik hisoboti desak mubolag'a bo'lmaydi.

    Tadbirni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov ochib berdi va mamlakatimizda ro'y berayotgan keng islohotlarning va xukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan meyoriy xukukiy xujjatlarning hayotga tatbiq etilishi, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasi kafolatlari kuchayishi, biznesni tashkil etish va yuritishda har tomonlama ko'mak ko'rsatilishi, sifatli davlat xizmatlarini taqdim etilishi, hamda biznes-muhiti yaxshilanishi, tadbirkorlikning jadal rivojlanishi, chet el investitsiyalarining keng jalb qilinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti tashqi bozorlarga chiqishiga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta'kidlab o'tdi.

    Matbuot anjumanda Raisning birinchi o'rinbosari I.Jasimov ma'ruzasi tinglandi, unda aholini tadbirkorlik faolligini yanada oshirish va ularning o'z biznesini boshlashga da'vat etish, tadbirkorlik faoliyatining barcha bosqichlarida yuzaga kelayotgan muammolarni ortiqcha to'siqlarsiz hal etishga qaratilgan bozor infratuzilmasini barqaror ishlashini muvofiqlashtiruvchi amaliy mexanizmlarni  yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi. Shu bilan birga, “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan mohofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonida belgilangan 6 ta yo'nalish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va natijalar raqamlarda ma'lum qilindi. Xususan;

    Tadbirkorlik sub'ektlari manfaatlarini xuquqiy himoyasini ta'minlash

    Tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish Farmonga ko'ra Palata faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilangan. Bu borada tizimli ravishda ishlar olib borilib, quyidagi natijalarga erishildi. Palata Ijro Qo'mitasi va hududiy tuzilmalari tomonidan Palata a'zolari manfaatida jami 46 063 ta da'vo arizalari kiritildi, shundan: 40788 tasi qanoatlantirilgan, birgina joriy yilning 5 oyi davomida bu ko'rsatkich 18839 tani tashkil etdi, bu rakamni 2017 yilning 1 yarim yilligi bilan sollishtirganda 12% ko'pdir.

    Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida

    Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha viloyatlarida investitsion imkoniyatlarni aniqlash maqsadida SSP hamkor tashkilotlari bilan birgalikda rus va ingliz tillarida "Qoraqalpog'iston Respublikasiga investitsiya kiritish bo'yicha qo'llanma"ni tayyorlab, respublikaning har bir tumanining investitsion imkoniyatlarini tavsiflovchi tadqiqotlar o'tkazildi.

    Tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini oshirish va eksportga ko'maklashish borasidagi ishlar bo'yicha

    Xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo'shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish choralari amalga oshirildi. Shular qatorida:

    - chet el kapitali ishtirokida 72 ta qo'shma korxonalar tashkil etishda yordam ko'rsatildi hamda tadbirkorlik sub'ektlariga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni olib kirishda faol ish olib borildi.

    - 322 ta korxonaga mini-texnologiyalar va uskunalarni topish va xarid qilishda bevosita yordam ko'rsatildi;

    - 208 ta mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga jami 58,8 mln. AQSH dollari miqdorida o'z mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishga ko'maklashildi;

    - 52 ta xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda SSP a'zolarining ishtiroki ta'minlandi.

    - O'zbekistonda 39 ta biznes-forum o'tkazildi (4175 mahalliy va 1523 xorijiy kompaniyalar ishtirokida) chet elda esa 13 ta biznes forum (755 ta o'zbek va 1590 xorijiy kompaniyalar ishtirok etdi). (statistik ma'lumotlarning to'lik shakli maqola so'ngida keltirilgan)

    Tadbirda shuningdek, Palata raisining o'rinbosari J.Urakov so'zga chiqdi. U O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5242-sonli Farmoni hamda ““Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3393-sonli Qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar borasida to'xtalib o'tdi.

    Qarorga muvofiq “Hunarmand” uyushmasi raisini mavqei bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosariga, “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarma boshlig'ini O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarma boshlig'i o'rinbosariga tenglashtirilganligi qayd etdi.

    Bugungi kunda Palata huzuridagi tuman va shahar Tadbirkorlarga ko'maklashish markazlari tomonidan hunarmandlarga o'z tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga ko'maklashishi bo'yicha so'zsiz ravishda xizmatlar ko'rsatish, jumladan o'z biznesini tashkil etish va rivojlantirish ko'nikmalariga o'rgatish, hunarmandchilik sub'ektlari huquqlarini himoya qilish, yangidan o'z faoliyatini boshlayotgan hunarmandchilik sub'ektlari uchun ko'rgazmalar tashkil etish bo'yicha natijalarni ma'lum qildi. Ko'rsatilayotgan hizmatlardan 17 tasi bepul amalga oshirilayotgani aytildi.

    Xususan, “Xunarmand” uyushmasi tarkibida 8700 nafar xanurmand a'zo ekanligi, o'tgan 6 oy ichida bu ko'rsatkich 26400 tani tashkil etgan. Bu esa o'z navbatida, xunarmanlar safi kengayganligi va bevosita shu orqali ko'plab yangi ish o'rinlari yaratilganligidan dalolat beradi. J.Urakov o'z nutkida shuningdek, har yili o'tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko'rik tanlovi shu yilning kuz fasliga rejalashtirilganligi haqida ma'lumot berdi

    Tadbirda shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida Hakamlik sudlari tuzilgan bo'lib, hozirgi kunda 15 ta Hakamlik sudlari  nizolarni muqobil hal etuvchi nodavlat organ sifatida faoliyat yuritib kelayotgani ta'kidlandi. O'zSSP xuzurida Hakamlik sudi raisi F.Otaxonov da'vo arizalari bilan murojaatlar soni 2017 yilning ikkinchi yarimidan boshlab keskin ko'payganini qayd etar ekan, 2017 yilning ikkinchi yarim yilligidan shu kunga qadar Hakamlik sudlari tomonidan jami 3298 ta ishlar ko'rilgan bo'lib, da'vo summasi 204,2 mlrd. so'm, 6,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

    Matbuot anjumani so'ngida I.Jasimov Palata faoliyatida kamchiliklar ham yo'k emasligini, oldinda Palataga yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada bajarish uchun malakali kadrlar bilan ta'minlanish, xududlardagi Tadbikorlikka ko'maklashish markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish, Palata tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar soni va sifatini oshirish, biznes-inkubatorlar faoliyatini yo'lga qo'yish, mahalliy eksportyorlar safini yanada kengaytirishda bir qator samarali ishlar amalga oshirilishi lozimligini alohida ta'kidladi.

    Statistik ma'lumotlar

    O'zbekiston Respublikasi SSPsi joriy hisobot davrida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan mohofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2017 yil 19-iyunida qabul qilingan №5087 raqamli Prezident farmoniga muvofiq o'ziga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlardan kelib chiqqan holda Palata faoliyatini mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb vazifalari va asosiy yo'nalishlarini amalga oshirishga qaratdi.

    TKM va ularning tuman (shahar) bo'linmalari faoliyati to'g'risida

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-3068 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilda Palata infrastrukturasini takomillashtirish bo'yicha talay ishlar amalga oshirildi.

    Jumladan, 2017 yilda Savdo-sanoat palatasi tuman (shahar) tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, ular tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga tezkor xizmat ko'rsatishni tashkillashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida tuman (shahar) tuzilmalari ishtirokini kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

    Respublika bo'yicha Palataning 194 ta tuman va shaharlarda Tadbirkorlikka ko'maklashish markazlari (TKM) tashkil etildi.

    Savdo-sanoat palatasining tuman(shahar) tuzilmalari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan jismoniy shaxslarga:

    - biznes reja tayyorlash, huquqiy masalalar bo'yicha maslaxat berish, elektron raqamli imzo olishda ko'maklashish, hisob varaq ochish uchun xujjatlar tayyorlab berish bo'yicha bepul;

    - ta'sis hujjatlarini tayyorlash, muhr va shtamp eskizlarini tayyorlash, chet el kompaniyalari bilan bitim imzolashda ko'maklashish, soliq va statistika xisobotlarini elektron tarzda yuborish bo'yicha pullik xizmatlar ko'rsatilmoqda.

    2018 yilda SSP Ijro etuvchi qo'mitasi, hududiy boshqarmalari va tuman(shahar) tuzilmalari o'rtasida ma'lumot almashishni tashkillashtirish, SSP Ijro etuvchi qo'mitasi ma'lumotlar bazasidan hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) tuzilmalari tomonidan foydalanishni tashkil qilish maqsadida “VPN” tarmog'i o'rnatildi.

    Tarmoq SSP Ijro etuvchi qo'mitasi, hududiy boshqarmalar va 194 ta tuman (shahar) tuzilmalari o'rtasida ichki telefon va internet aloqasini yo'lga qo'yish, SSP Ijro etuvchi qo'mitasi va hududiy boshqarmalar o'rtasida videokonferensiya tashkil qilish imkonini beradi.

    Bugungi kunda SSPning Hududiy tuzilmalarida 590 nafar xodimlar faoliyat yuritmoqda. Jumladan Palataning hududiy boshqarma xodimlari 244 nafar, TKM bo'linmalari xodimlari 346 nafarni tashkil etmoqda.

    Huquqiy normativ xujjatlarning tadbirkorlik sohasiga ta'sirini o'rganish bo'yicha 

    Joriy hisobot davrida Palata rahbariyati o'zining asosiy e'tiborini tadbirkorlik sub'ektlarini, ayniqsa o'z faoliyatini yo'lga qo'yish davrida ularni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, ularning xuquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofazasining kafolatlarini kuchaytirish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvor roli va daxlsizligini ta'minlash borasida samarali tizim yaratishga qaratdi.

    Xususan, jami 632 ta qonun boshqa me'yoriy hujjatlar loyihalari ko'rib chiqildi va 250 ta loyihalar bo'yicha tadbirkorlik faoliyati rivojiga to'sqinlik qiluvchi yoki cheklovchi me'yoriy-xuquqiy hujjatlarga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish zaruriyati to'g'risida tavsiyalar bayon etilgan hulosa tayyorlandi hamda qonunchilik va ijro etish hokimiyati organlariga taqdim etildi.

    Me'yoriy-xuquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasidan o'tkazish maqsadida ko'p yillik tajribaga ega, o'z sohasining mutaxassisi bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari, hamda tegishli malakaga ega bo'lgan vazirlik va mutasaddi idora vakillari va tadbirkorlardan iborat sohalar bo'yicha 8-ta Ekspert kengashlari tashkil etildi. Bir yil davomida ja'mi 38 ta ekspert kengashlari o'tkazilgan. Ekspert kengashlari bo'yicha muammo va takliflar yuqori turuvchi organlar, xususan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Biznes Ombudsmanga yuborilib, kengashlarda ko'tarilgan masalalar ijobiy hal etilib kelinmoqda.

    Tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlari bilan ishlash tizimi

    Respublikada faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub'ektlari murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganish va ularga amaliy ko'mak berish maqsadida SSP xodimlari tomonidan hududlarga chiqqan holda tadbirkorlarning murojaatlar qabul qilinib, ularni vakolati doirasida ko'rib chiqish hamda respublika miqyosida hal qilinishi lozim bo'lgan murojaatlari to'g'risidagi tahliliy ma'lumotlari O'zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Rayosat yig'ilishida ko'rib chiqilishi uchun yuborilmoqda.

    Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan fuqarolarga to'sqinlik bo'lib kelayotgan muammoli masalalarni hal qilish maqsadida Toshkent viloyati tajribasini respublika miqyosida joriy etish maqsadida SSP raisi va uning o'rinbosarlari tomonidan Qoraqolpog'iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarkand, Xorazm, Farg'ona viloyatlarida sayyor qabullar tashkil etildi. Ushbu sayyor qabullar natijasida tadbirkorlik sub'ektlaridan jami 1 209 ta murojaat ko'rib chiqildi va ularning 1 165 tasi mahalliy hokimliklar vakolati doirasida, 44 tasi Respublika tashkilotlari vakolati doirasida hal qilinishi lozim bo'lgan murojaatlardir. Respublika miqyosida hal qilinishi lozim bo'lgan masalalar SSP tomonidan tashkil etilgan ekspertlar kengashida muhokama qilindi va ularning xulosasi o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

    SSP tizimiga jami 50803 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, ushbu murojaatlarning 5967 tasi SSPning Ijro etuvchi qo'mitasiga kelib tushgan. Prezident xalq qabulxonasi bilan Palata o'rtasida o'zaro hamkorlik xam o'rganatilgan bo'lib, unda bugungi kunga qadar tadbirkorlik sub'ektlaridan 535 ta murojaat kelib tushgan. Palata rahbariyati qabuli ham tashkil qilingan bo'lib, shu davr mobaynida 439 ta tadbirkorlar qabul qilingan. 

    Tadbirkorlik faoliyatiga ko'maklashishi sohasida

    - 6794 nafar yangi boshlang'ich tadbirkorlarga ish boshlash va biznesni yuritishda amaliy yordam ko'rsatildi.

    - SSP yordami bilan tadbirkorlarga mo'ljallangan 1706 ta biznes-rejalar tayyorlandi.

    - bozor infrastrukturasi va bank moliya sohasida 6273 ta tadbirkorga ko'mak ko'rsatildi.

    - moddiy va tabiiy boyliklardan foydalanish, kredit olish, injernerlik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va boshqa masalalarda 2632 nafar tadbirkorga yordam berildi va muammosi hal etildi.

    Tadbirkorlik sub'ektlarini o'qitish va kadrlar tayyorlash sohasida

    Palata qoshida jami 6 ta o'quv markazlari, hususan Qoraqalpog'iston Respublikasida, Qashqadaryo, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida nodavlat ta'lim muassasalari tashkil etilgan bo'lib, jami 14823 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tadbirkorlikni boshlash istagida bo'lgan fuqarolar tadbirkorlik asoslari bo'yicha o'qitildi. Germaniya xalqaro xamkorlik markazi moliyaviy ko'magida 97 nafar tadbirkorlik sub'ektlari vakillari “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi” doirasida Germaniyada tashkil etgan xorijiy amaliyotda ishtirok ettilar.

    2017 yil Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi” doirasida tadbirkorlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi xorijiy amaliyotlarini tashkil etish maqsadida 50nafar tadbirkorlik sub'ektlari 2017-2018 yillarda Yevropa Ittifoqida tashkil etiladigan xorijiy amaliyotlarga taklif etish uchun saralab olindi. Shuningdek, 27 nafar tadbirkorlik sub'ektlari vakillari Germaniya xalqaro xamkorlik markazi moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi” doirasida Germaniyada tashkil etgan xorijiy amaliyotda ishtirok etib qaytdilar. Xozirgi kunda, Germaniya xalqaro xamkorlik markazi moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan “tadbirkorlik sub'ektlari Germaniya davlatida amaliyot utmoqdalar.

    Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida

    Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha viloyatlarida investitsion imkoniyatlarni aniqlash maqsadida SSP hamkor tashkilotlari bilan birgalikda rus va ingliz tillarida "Qoraqalpog'iston Respublikasiga investitsiya kiritish bo'yicha qo'llanma"ni tayyorlab, respublikaning har bir tumanining investitsion imkoniyatlarini tavsiflovchi tadqiqotlar o'tkazildi.

    Ushbu imtiyozlarni potensial xorijiy investorlarga, shu jumladan chet eldagi O'zbekiston elchixonalari orqali tarqatish ishlari boshlandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya, Yaponiya, Germaniya va Quvaytda investitsiya salohiyatini oshkor qilish bo'yicha taqdimotlarni o'tkazish masalasi ko'rib chiqilmoqda.

    Ayni paytda Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida diagnostika qilish va uning asosida "investitsiya xaritasi" ishlab chiqish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

    Savdo-sanoat palatasi Davlat dasturining 138-bandiga muvofiq Investitsiyalar davlat qo'mitasi bilan birgalikda respublikaning har bir viloyatida investitsion jozibadorlik darajasini hisoblash uchun tadbirkorlar va investorlarning so'rovini o'tkazish uchun uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi. Uchrashuv 2018 yil aprel oyida Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari orqali amalga oshirildi, natijalari 2018 yil 12 aprelda Senat tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha tashkil etilgan konferensiyada e'lon qilindi.

    Tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini oshirish va eksportga ko'maklashish borasidagi ishlar bo'yicha

    Xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo'shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish choralari amalga oshirildi. Shular qatorida:

    - chet el kapitali ishtirokida 72 ta qo'shma korxonalar tashkil etishda yordam ko'rsatildi hamda tadbirkorlik sub'ektlariga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni olib kirishda faol ish olib borildi.

    - 322 ta korxonaga mini-texnologiyalar va uskunalarni topish va xarid qilishda bevosita yordam ko'rsatildi;

    - 208 ta mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga jami 58,8 mln. AQSH dollari miqdorida o'z mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishga ko'maklashildi;

    - 52 ta xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda SSP a'zolarining ishtiroki ta'minlandi.

    - O'zbekistonda 39 ta biznes-forum o'tkazildi (4175 mahalliy va 1523 xorijiy kompaniyalar ishtirokida) chet elda esa 13 ta biznes forum (755 ta o'zbek va 1590 xorijiy kompaniyalar ishtirok etdi).

    Davlat organlari bilan o'zaro hamkorlik sohasida

    1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi  PF-5087-son Farmonida belgilangan vazifalar doirasida Bosh prokuratura,, Oliy sud, IIV, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, DSQ,  Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi bilan o'zaro hamkorlik bitim loyihalari ishlab chiqilib, o'rnatilgan tartibda kelishish uchun yuborildi.

    Shundan, Oliy Majlis qonunchilik palatasi, Biznes-ombudsman,  Markaziy bank, Davlat bojxona ko'mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlik bitimlari imzolandi.

    2. Savdo-sanoat palatasi tomonidan o'z maqsad va vazifalarini bajarish doirasida tadbirkorlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, qonunbuzarliklar, birinchi navbatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni to'liq shakllantirish yuzasidan turli yo'nalishlarda doimiy ravishda qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

    3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli Farmoni 126, 127-bandlari ijrosini ta'minlash yuzasidan tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan kamchiliklarni, tanqidiy muhokama qilish, bartaraf etish va profilaktika qilishga ko'maklashish chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va o'rnatilgan tartibda Bosh prokuratura, Biznes-ombudsman, DSQ, DBQ bilan kelishib tasdiqlandi.

    Ushbu chora-tadbirlar rejasida berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan qo'yidagi ishlar amalga oshirildi:

    Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar va ularning sodir etilishi sabablari, bundan tashkari, har qanday qonunbuzarlik uchun jazo muqarrarligi, shu bois qonunga rioya etilishi uchun avvalo uni yaxshi bilish muximligi haqida tadbirkorlarga o'tkazilgan uchrashuvlarda  tushuntirildi.

    Xususan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog'ida qonunbuzilishlardan ogoh bo'lish hamda ularni profilaktika qilish maqsadida Savdo-sanoat palatasi, Bosh prokuratura, Biznes-ombudsman, Markaziy bank va mahalliy hokimliklarning o'zaro hamkorligida Qorakalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 1 500 nafar tadbirkorlik sub'ektlari uchun shunday uchrashuvlar tashkil etilib o'tkazildi.

    O'zSSP Matbuot xizmati

     

    22.06.2018

    17:34

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06