Koreya va O'zbekiston xamkorligi kengaymoqda
Joriy yilning 11 iyul kuni soat 15:00 da O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida Janubiy Koreya Respublikasining “San Cheong” kompaniyasi va "New world Med" kompaniyasi xamkorligida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan kompaniya faoliyatiga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tadi.
Faoliyatini endi yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan “San Cheong - New world Med" kompaniyasi tomonidan yong'inga qarshi kurashish, harbiy, qishloq xo'jaligi va sanoat sohalarida inson xavfsiziligi uchun xizmat qiluvchi maxsus kiyimlar, niqob, himoya shlemlari, yuqori haroratdagi yong'in va issiqdan himoyalovchi kiyimlar va boshqa shunga o'xshash maxsus kiyim-kechaklar, jihozlar ishlab chiqarilishi ko'zda tutilgan.
“San Cheong” kompaniyasi dunyodagi xuddi shunga o'xshash mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha tan olingan etakchi kompaniyalar uchtaligining biriga kiradi.
Taqdimotda ishtirok etish istagida bo'lganlar O'zSSPga tashrif buyurishlari mumkin.
O'zSSP Matbuot xizmati
04.07.2018
18:19