• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    “Halol standartlari talablari asosida mahsulotlar va xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaror loyihasi o'rganilib, Jamoatchilik ekspertizasi Xulosasi berildi.

    Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2017 yil 19 iyundagi 5087-sonli Farmonining 5-bandiga asosan tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash maqsadida bir qator huquqiy-normativ akt loyihalari bo'yicha jamoatchilik ekspertizasi o'tkazildi.

    Misol uchun, “O'zstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning “Halol standartlari talablari asosida mahsulotlar va xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori loyihasi o'rganilib, ushbu loyiha yuzasidan quyidagi tavsiyalarni o'z ichiga olgan Jamoatchilik ekspertizasi Xulosasi berildi:

    Loyiha ilovasining 1-band 7-xatboshisiga ko'ra, “mustaqil ekspertlar kengashi – mahsulotlar va xizmatlarni halol talablarga muvofiqligini baholash yuzasidan o'tkazilgan sertifikatlashtirish yoki inspeksiya nazoratiga tegishli bo'lgan hujjatlar asosida qaror qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan kengash”, –  deb belgilangan.
    Biroq, loyiha ilovasida ushbu kengashning vazifalari hamda qaror qabul qilishdagi vakolotlari aniq belgilab berilmagan. Bu, o'z navbatida, kengash ishida noaniqliklarga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasida kengash vazifalari hamda vakolatlarini aniq belgilab qo'yish tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 3-band 10-xatboshisiga ko'ra, mahsulotlar va xizmatlarni halol talablari asosida sertifikatlashtirish bosqichlaridan biri sifatida “inspeksiya nazoratini o'tkazish” belgilangan.
    Biroq, loyihada mazkur inspeksiya nazorati kim tomonidan, qanday tartibda va muddatlarda o'tkazilishi ko'rsatilmagan.

    Bu esa, amaliyotda inspeksiya nazoratini amalga oshirish bosqichida o'zboshimchaliklar va suiste'molliklar kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, loyiha ilovasida amaldagi qonunchilikka muvofiq, Inspeksiya nazoratini o'tkazish tartibini belgilash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 7-band 3-xatboshisiga ko'ra, mahsulotlarni halol talablari asosida sertifikatlashtirishda ariza beruvchi tomonidan “mahsulotlarga yoki ularni ishlab chiqarishga tegishli bo'lgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar”ning arizaga ilova qilinishi belgilangan.
    Bu orqali, tadbirkorlik sub'ektlariga ortiqcha va keraksiz bo'lgan qo'shimcha majburiyatlar yuklash nazarda tutilgan.

    Ya'ni, ariza beruvchi tomonidan mahsulotlarga yoki ularni ishlab chiqarishga tegishli bo'lgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni sertifikatlashtirish organiga taqdim etilishi shart emas. Aksincha, ushbu organ bunday normativ-hujjatlarni mustaqil ravishda olishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasining 7-band 3-xatboshisini chiqarib tashlash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 7-band 4-xatboshisiga ko'ra, “mahsulotlarga qo'shiladigan barcha qo'shimchalar, ingridientlar, shuningdek xizmatlar (pudratchilar) hamda xodimlar to'g'risidagi ma'lumotlar” mahsulotlarni halol talablari asosida sertifikatlashtirish uchun arizaga ilova qilinishi belgilangan.
    Ushbu xatboshidagi norma aniq ifodalanmagan. Xususan, unda xodimlar to'g'risida qanday ma'lumotlar ilova qilinishi ko'rsatilmagan.

    Shuningdek, mahsulotlar halolligini belgilash uchun xodimlar, xizmatlar (pudratchilar) to'g'risida ma'lumotlarning talab qilinishida o'zaro bog'liqlik yo'q.

    Bundan tashqari, bunday ma'lumotlarning tadbirkorlik sub'ektlaridan talab qilinishi natijasida amaliyotda ular faoliyatiga qo'shimcha aralashish kabi salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin.

    Shu sababli, loyiha ilovasining 7-band 4-xatboshisidan “shuningdek xizmatlar (pudratchilar) hamda xodimlar” so'zlarini chiqarib tashlash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 7-band 6-xatboshisiga ko'ra, mahsulotlarni halol talablari asosida sertifikatlashtirish uchun arizaga “mahsulotlarning sifatini nazorat qilish maqsadida sinov labaratoriyasining mavjudligi yoki  boshqa sinov labaratoriyalari bilan shartnomalar tuzilganligi haqidagi ma'lumotlar” ilova qilinishi belgilangan.
    Ushbu norma orqali tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan ortiqcha va keraksiz talablar belgilangan. Bu esa, ular faoliyatida ortiqcha byurokratik to'siqlarni paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.

    Bundan tashqari, sinov labaratoriyalari mavjudligi talabini belgilash samarasiz hamda ushbu normaning amaliyotda ishlamasligiga olib keladi. Chunki, bunday sinov labaratoriyalari tadbirkorlik sub'ektlarining o'zida mavjud bo'ladi hamda ularning manfaatini ko'zlagan holda faoliyat yuritadi.

    Shu bois, loyiha ilovasining 7-band 6-xatboshisini chiqarib tashlash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 7-band 9-xatboshisiga ko'ra, xizmatlarni halol talablari asosida sertifikatlashtirishda ariza beruvchi tomonidan arizaga “pudratchilar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar hamda xodimlar to'g'risidagi ma'lumotlar” ilova qilinishi belgilangan.
    Ushbu Xulosa 4-bandidagi tavsiyalarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasining 7-band 9-xatboshisidan “hamda xodimlar” so'zlarini chiqarib tashlash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 9-bandiga ko'ra, “Sertifikatlashtirish organi arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qiladi. Tahlil natijasi bo'yicha ikki ish kuni ichida audit o'tkazish yoki asoslantirilgan rad javobini yuborish to'g'risida qaror qabul qiladi”, - deb belgilangan.
    Ammo, loyihada bunday tahlillar qanday talab va asoslarga ko'ra hamda qancha muddatda amalga oshirilishi, unda ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni tekshirish tartibi nazarda tutilmagan.

    Bu esa, amaliyotda turli tushunmovchiliklar, arizani qabul qilish yoki uni qabul qilishni rad etish muddatini cho'zilib ketishi kabi salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasida sertifikatlashtirish organi tomonidan arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qilish tartibi hamda muddati, ularni tahlil qilish kanday talab va asoslarga ko'ra amalga oshirilishini belgilash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 11-bandiga ko'ra, “Ariza qabul qilish to'g'risidagi qaror qabul qilinganidan so'ng sertifikatlashtirish organi va ariza beruvchi o'rtasida sertifikatlashtirishni o'tkazish to'g'risida shartnoma tuziladi”, - deb belgilangan.
    Qonunchilik hujjatlarida ariza qabul qilish to'g'risida qaror qabul qilish tushunchasi mavjud emas.

    Shu sababli, loyiha ilovasining 11-bandidan “qabul qilish to'g'risidagi qaror” so'zlarini chiqarib tashlash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 13-bandiga ko'ra, “Sertifikatlashtirish bo'yicha birinchi to'lovdan so'ng uch ish kunida sertifikatlashtirish organi auditorlar guruhini shakllantiradi”, - deb belgilangan.
    Ammo, loyihada to'lovning boshqa turlari (birinchi, ikkinchi yoki boshqa) nazarda tutilmagan. Bu esa, amaliyotda turli tushunmovchiliklar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasida mazkur to'lovlarni to'lash tartibini aniqlashtirish yoki 13-banddan “birinchi” so'zini chiqarib tashlash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 14-bandiga ko'ra, “Auditor guruhining shaxsiy tarkibi, a'zolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek sertifikatlashtirishni o'tkazish muddatlari va joyi sertifikatlashtirish organi rahbarining qarori bilan belgilanadi”.
    Ushbu norma orqali auditor guruhi a'zolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi masalalari ham sertifikatlashtirish organi rahbarining qarori asosida belgilanishi nazarda tutilgan.

    Bu esa, amaliyotda turli nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi. Chunki, rahbarning o'z qo'l ostidagi xodimlarning huquq, majburiyatlari va javobgarligini belgilab berishi korrupsion tizim kelib chiqishiga sharoit yaratadigan holat.

    Bundan tashqari, har bir alohida holatlarda auditor guruhi a'zolarining huquq-majburiyatlari va javobgarligi alohida belgilanishi shart emas.

    Shu sababli, loyiha ilovasining o'zida auditor guruhi a'zolarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek audit guruhi a'zolarining sonini aniq belgilash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 16-bandiga ko'ra, “Sertifikatlashtirishga doir hujjatlarning tahlili ularning normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida o'tkaziladi”, - deb belgilangan.
    Lekin, loyihada sertifikatlashtirishga doir hujjatlar deganda qanday hujjatlar nazarda tutilganligi, shuningdek bunday tahlillar kim tomonidan amalga oshirilishianiqlashtirilmagan.

    Bu esa, amaliyotda ushbu normaning ishlamasligiga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasining 16-bandini yuqoridagilarni inobatga olgan holda aniq ifodalash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 23-bandiga ko'ra, “Sertifikatlashtirish auditi hisoboti va sinov natijalari mustaqil ekspertlar kengashiga qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi. Sertifikatlashtirish auditida ishtirok etgan auditorlar sertifikatlashtirish qarorini qabul qilish jarayonida ishtirok etmaydi.
    Mustaqil ekspertlar kengashi qaroriga asosan “Halol” mahsulotlar va xizmatlar normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq yoki nomuvofiq deb topilishi mumkin”, - deb belgilangan.

    Ammo, loyiha ilovasida audit hisoboti va sinov natijalarini mustaqil ekspertlar kengashiga qaror qabul qilish uchun taqdim etishning hamda bunday qarorni mustaqil ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilishning muddatlari belgilanmagan.

    Bu esa, amaliyotda ushbu muddatlarni turlicha belgilash va uni uzaytirib yuborish kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Bunday oqibatlarni oldini olish maqsadida loyiha ilovasida audit hisoboti va sinov natijalarini mustaqil ekspertlar kengashiga taqdim etish muddati hamda mustaqil ekspertlar kengashi tomonidan qarorlarni qabul qilish muddatini aniq belgilab qo'yish tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 29-bandiga ko'ra, “Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
    taqdim etilgan hujjatlarining tahlili yoki sertifikatlashtirish auditida aniqlangan nomuvofiqliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilmaganligi;

    sertifikatlashtirish bo'yicha to'lov amalga oshirilmaganligi”, - deb belgilangan.

    Ammo, loyiha ilovasida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etishning muddatlari aniq belgilanmagan.

    Bundan tashqari, loyiha ilovasining 9-bandiga ko'ra, taqdim etilgan hujjatlarning tahlili natijalari bo'yicha arizani rad etish bo'yicha qaror qabul qilishda asos bo'lishi mumkinligi belgilangan.

    Ushbu holatda bir xil asos, ya'ni taqdim etilgan hujjatlarning tahlili natijasi ham arizani rad etishda ham muvofiqlik sertifikatini berishni rad etishda asos qilib belgilangan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihadagi bunday noaniqliklarni bartaraf etish tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 31-bandi 1-xatboshisiga ko'ra, “Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda ariza beruvchi bir oy ichida “O'zstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir”, - deb belgilangan.
    Ushbu norma orqali ariza beruvchilarning nafaqat Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga balki sudga ham murojaat qilish muddati bir oylik muddat qilib belgilangan.

    Bu esa, tadbirkorlik sub'ektlarining qonunchilikda belgilangan huquqlarini cheklaydi.

    Xususan, Fuqarolik kodeksining 150-moddasiga ko'ra, umumiy da'vo muddati 3 yil qilib belgilangan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasining 31-bandi 1-xatboshisini quyidagi tahrirda bayon qilish tavsiya etildi:

    “Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo'lgan taqdirda ariza beruvchi bir oy ichida “O'zstandart” agentligining Shikoyatlarni ko'rib chiqish kengashiga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda bevosita sudga murojaat etishga haqlidir”.

    Loyiha ilovasining 32-bandi 1-xatboshisiga ko'ra, “Inspeksiya nazorati mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organi tomonidan har olti oyda amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.
    Ammo, loyiha ilovasida inspeksiya nazorati qanday tartibda va asoslarda amalga oshirilishi belgilanmagan.

    Bu o'z navbatida, amaliyotda tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, ularga qo'shimcha talablar yuklash kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasida inspeksiya nazoratini tadbirkorlik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshirish tartibi va asoslarini belgilash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 32-bandi 3-xatboshisiga ko'ra, “Sertifikatlashtirilgan korxonani xizmat ko'rsatish joyi yoki ishlab chiqarish manzillari o'zgargan holatda sertifikatlashtirish jarayoni qayta amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.
    Loyiha ilovasida bunday normaning belgilanishi asoslantirilmagan. Xususan, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida”gi qonunda sertifikatlashtirilgan korxonani xizmat ko'rsatish joyi yoki ishlab chiqarish manzillari o'zgargan holatda sertifikatlashtirish jarayoni qayta amalga oshirish lozimligi nazarda tutilmagan.

    Bundan tashqari, korxonaning xizmat ko'rsatish joyi yoki ishlab chiqarish manzillari o'zgarishi u ishlab chiqaradigan mahsulotning halollik darajasiga hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydi hamda bunday holatda sertifikatlashtirish jarayonini qayta amalga oshirish shart emas.

    Shu sababli,loyiha ilovasining 32-bandi 3-xatboshisini chiqarib tashlash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 34-bandi 4-xatboshisiga ko'ra, muvofiqlik sertifikatining amal qilishi “ko'rsatilayotgan xizmatlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, texnologiyaga doir jarayonlar va uskunalarni sertifikatlashtirish organini ogohlantirmagan holda o'zgartirilganda” to'xtatilishi belgilangan.
    Ushbu normaning belgilanishi asoslantirilmagan.

    Shuningdek, korxonaning uskunalarini sertifikatlashtirish organini ogohlantirmagan holda o'zgartirishi mahsulotning halollik darajasiga hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

    Ushbu normaning bunday ifodalanishi tadbirkorlik faoliyatiga ortiqcha aralashish kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasining 34-bandi 4-xatboshisidan “uskunalarni” so'zini chiqarib tashlash tavsiya etildi.

    Loyiha ilovasining 37-bandiga ko'ra, “Muvofiqlik sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganda sertifikatlashtirish organi, “O'zstandart” agentligi va sudning qaroriga asosan bekor qilinadi”.
    Biroq, hujjatning soxtaligi faqat sud tartibida isbotlanadi va sudning tegishli hukmi yoki qaroridan so'ng hujjat soxta deb tan olinadi.

    Shu bois, Nizom loyihasi ilovasining 37-bandi 3-xatboshisini quyidagi tahrirda bayon qilish tavsiya etildi:

    “soxta hujjatlardan foydalangan holda muvofiqlik sertifikati olinganligi o'rnatilgan tartibda isbotlansa”.

    Ushbu loyiha hizirda amalga oshirilayotgan islohotlarga to'g'ri kelmaydi. Xususan, loyihada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5409-sonli Farmoni talablari inobatga olinmagan.
    Garchi, loyihada bunday sertifikatlashtirish ixtiyoriy amalga oshirilishi belgilangan bo'lsada, ammo unda biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash va sertifikat olishni soddalashtirish chora-tadbirlaridan kelib chiquvchi normalar nazarda tutilishi lozim.

    Yuqorida keltirilgan Farmon talablari va Xulosadagi tavsiyalarni inobatga olgan holda, ushbu loyihani qayta ishlab chiqish tavsiya etildi.

    Ushbu Xulosani berishda, eng avvalo, ishbilarmonlik muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan normalarni me'yoriy-huquqiy hujjat loyihalaridan chiqarib tashlash va bu orqali ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini oldini olish,  qonunchilikdagi nomuvofiqliklar va takrorlanishlarga yo'l qo'ymaslik nazarda tutildi.

    Shu o'rinda alohida ta'kidlash lozimki, bu kabi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o'rganish va ularga Xulosa berish orqali Savdo-sanoat palatasi Respublika biznes hamjamiyatining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

    O'zSSPning Qonunchilik xujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baxolash boshqarmasi

    26.07.2018

    18:03

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06