Tadbirkorlar diqqatiga!
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining a'zolari - mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga!
O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida o'zaro tovar ayriboshlash hajmini keskin oshirish bo'yicha Ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi.
Shu munosabat bilan Qozog'istonga mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda yuzaga kelayotgan muammolar, mahsulotlarga tegishli litsenziya, sertifikatlar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, tijorat yuklarini Qozog'iston hududi bo'ylab transportirovka qilish va shu kabi muammolarni hal etish takliflari bilan ilovadagi jadval asosida joriy yil 3 avgustgacha g.usmanov@chamber.uz elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.
Таклиф намунаси.docx yuklab olish
O'z SSP Matbuot xizmati
02.08.2018
18:20