«TEMIRYO’L – SUG’URTA» MCHJ QK sug'urta kompaniyasining qonuniy manfaatlari himoya qilindi
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Palata a'zosi «TEMIRYO’L – SUG’URTA» MCHJ QK sug'urta kompaniyasi murojaat qilib, 7 751 017 so'mlik qarzdolikni regress tartibida undirilishida amaliy yordam berishni so'ragan.
Mazkur murojaat yuzasidan, Palata tomonidan «TEMIRYO’L – SUG’URTA» MCHJ QK sug'urta kompaniyasi manfaatida qarzdor korxonaga nisbatan sudga da'vo ariza kiritilgan.
Ushbu da'vo arizasi yuzasidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 25.07.2018 yilda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan Palataning da'vo talablari to'liq qanoatlantirilib, «TEMIRYO’L – SUG’URTA» MCHJ QK sug'urta kompaniyasining qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
O'z SSP Matbuot xizmati
13.08.2018
17:37