«ToshkentboshplanLITI» DUKning haq-huquqlari himoya qilindi
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Palata a'zosi «ToshkentboshplanLITI» DUK murojaat qilib, shartnomaviy huquqiy munosabatdan kelib chiqqan 63 158 860 so'mlik debitor qarzdorlikni undirilishida amaliy yordam berishni so'ragan.
Mazkur murojaat yuzasidan, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «ToshkentboshplanLITI» DUK manfaatida qarzdor korxonaga nisbatan sudga da'vo ariza kiritilgan.
Ushbu da'vo arizasi yuzasidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 25.07.2018 yilda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining da'vo talablari to'liq qanoatlantirilib, «ToshkentboshplanLITI» DUKning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
O'z SSP Matbuot xizmati
13.08.2018
17:43