O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun ko'rik-tanlovda ishtirok eting!
2018 yil 16 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkor, fermer va hunarmandlar o'rtasida o'tkaziladigan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi 676-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga asosan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlari 27 avgustdan 28 sentyabrga qadar, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari 5 oktyabrdan 25 oktyabrga qadar, respublika bosqichi 14-15 noyabr kunlari, ko'rik-tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi 16 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Tanlovda tadbirkor, fermer hamda hunarmandlar quyidagi 5 ta yo'nalishlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun bellashadi:
1. Sanoat sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori”;
2. Xizmat ko'rsatish sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori”;
3.“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”;
4.“Yilning eng yaxshi fermeri”;
5.“Yilning eng yaxshi hunarmandi”.
“Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovida ishtirok eting va Prezident sovriniga ega bo'ling.
Ma'lumot uchun telefon raqamlar:
+99871 150 91 67;
+99871 150 91 68.
O'z SSP Matbuot xizmati
18.08.2018
13:58