Pastdarg'omda “Tashabbus–2018” ko'rik-tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi
Tuman markazi Juma shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Tashabbus–2018” ko'rik-tanlovi tashkil etildi.
Tadbirda 80 nafardan ortiq sanoat sohasida, maishiy xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish yo'nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, shuningdek, fermer va hunarmandlar o'zaro bellashdi.
Tanlov yakuniga ko'ra, ishtirokchilar sanoat sohasida “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, xizmat ko'rsatish sohasida “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyalari bo'yicha ishtirokchilar aniqlandi.
O'z SSP Matbuot xizmati
04.09.2018
15:38