“Yilning eng yaxshi xususiy tibbiyot muassasasi” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkaziladi
O‘zbekistan Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekistan xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi tomonidan tibbiy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-kuvvatlash va ular tomonidan aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini rag‘batlantirish maqsadida oltita nominatsiyadan iborat bo‘lgan “Yilning eng yaxshi xususiy tibbiyot muassasasi” nomli tanlov tashkil etildi.
Joriy yilning 9 dekabridan 16 dekabriga qadar barcha viloyat markazlarida tanlovning birinchi bosqich yakuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishlar o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlanishi belgilangan.
Mazkur tadbirning yakuniy - Respublika bosqichi 2015 yilning 18 dekabr kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tantanali marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tanlovning birinchi bosqich g‘oliblari ishtirok etishadi.
17.12.2015
04:49