Turizm sohasida bo'lib o'tadigan birinchi Xalqaro investitsion forumga taklif etamiz!
Jahonda turizmga davlatni rivojlantirishning muhim ijtimoiy-iqtisodiy sohasi sifatida qaralib, bu soha unga bog'liq barcha infratuzilma sohalariga o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Turizm yuqori darajada rivojlangan transport, xizmat ko'rsatish va ijtimoiy sohalarni qamrab olib, u iqtisodiyotning yuqori daromadli sohasiga aylangandir.
Ma'lumki, O'zbekiston boy madaniy-tarixiy meros va tabiiy boyliklarga ega bo'lib, yurtimizda turizmni yanada rivojlantirish uchun foydalanilmagan ulkan salohiyat va imkoniyatlar mavjud.
Turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ushbu sohaga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etish, salohiyatli investorlar va turistlar o'rtasida yurtimizning turistik salohiyatini namoyon etish maqsadida 2018 yil 19-21 noyabr kunlari Toshkent shahrida turizm sohasida birinchi Xalqaro investitsion forum bo'lib o'tadi.
Turizm sohasida birinchi Xalqaro investitsion forumning tashkilotchilari O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va chet eldagi elchixonalar, O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasidir.
Forumda xalqaro moliya institutlari vakillari, Yevropa va Osiyo mamlakatlari investorlari, xalqaro sayyohlik tashkilotlari, yetakchi sayyohlik kompaniyalari, soha mutaxassislari, shuningdek, respublikamizning sayyohlik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirda mehmonxonalar va restoranlar, muzeylar, sug'urta kompaniyalari, transport va logistika, madaniy–ko'ngil ochar maskanlari o'z xizmatlarini ko'rsatadilar.
Forum quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi:
- forum ishtirokchilariga mamlakatning sayyohlik salohiyati, ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun taqdim etiladigan imtiyozlar haqida ma'lumot beriladi;
- forum ishtirokchilariga sayyohlik sohasidagi investitsion loyihalar bilan
tanishtirish, shu jumladan, «Chorvoq» erkin turistik zonasi, «Samarkand city» va «Qadimiy Buxoro» turistik zonalari, shuningdek, Surxondaryo viloyatida kichik sayyohlik hududlari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish;
- investitsiyalarni jalb qilish uchun potensial bo'lgan turizm infratuzilmasi ob'ektlarini yaratish bo'yicha loyihalar bilan tanishish uchun forum ishtirokchilari respublikamiz viloyatlariga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan;
- respublikamizdagi sayyohlik industriyasini yanada rivojlantirish, turistik faoliyat sub'ektlari, shu jumladan xorijiy investorlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qilish maydonchasini yaratish mo'ljallangan;
- forum ishtirokchilari bilan aniq natijalar, shartnomalar va loyihalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Telefon: (78)150-60-06
O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber
19.10.2018
16:49