O'z SPP ga Xitoy xalq Respublikasi Sindao shahri xalq xukumati kanselyariyasi direktori o'rinbosari Van Sinchun boshchiligida delegatsiyasi tashrifi amalga oshirildi
21-24 oktyabr kunlari O'zbekistonga Xitoy xalq Respublikasi Sindao shahri xalq xukumati kanselyariyasi direktori o'rinbosari Van Sinchun boshchiligida delegatsiyasi tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif doirasida 23 oktyabr kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida mazkur delegatsiya vakillari bilan A.Ikramov hamda rais o'rinbosari I.Jasimov ishtrokida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad Xitoy xalq Respublikasi Prezidenti Si Szinpinning yangi tashabbusi bo'lgan “Sindao shahrida Xitoy-SHHT savdo-iqtisodiy hamkorlik mintaqalararo xududi”ni tashkil etish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi hamkorlik aloqalari kundan kunga rivojlanib bormoqda. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy xalq Respublikasiga qilgan davlat tashrifida amalga oshirilgan muzokaralarda o'zaro hamda ko'p tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilingandi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida raisi A.Ikramov, mehmonlarga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining faoliyati haqida gapirib o'tdi. Shuningdek, bugungi kunda Xitoy xamda O'zbekiston aloqalarida o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish, ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish, ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini alohida qayd etidi.
Uchrashuv davomida Xitoy xalq Respublikasi Sindao shahri xalq xukumati kanselyariyasi direktori o'rinbosari Van Sinchun O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raxbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirar ekan, mazkur tashrif doirasida olgan taassurotlari haqida to'htalib o'tdi. Bugungi kunda Xitoy O'zbekistonga eng ko'p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biri ekanligi bu esa ikki davlat o'rtasidagi o'zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarning yanada mustahkamlanishini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston va Xitoy ishbilarmonlari o'rtasida to'g'ridan to'g'ri xamkorlik aloqalarni o'rnatish hamda ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro tovar aylanmasini oshirish maqsadida Sindao shahri tijorat boshqarmasi hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, texnikaviy, energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda, o'zaro savdo aylanmasi hajmini oshirishda yanada kengaytirishda xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida Xitoy delegatsiyasi tomonidan Sindao shahrining iqtisodiy va investitsion salohitiga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi.
O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber
25.10.2018
18:45