Meva-sabzavot yetishtiruvchi va uni eksport qiluvchi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari diqqatiga!!!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligii oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3978-sonli qarori qabul qilingan bo'lib, uning 5-bandiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakiliga ikki hafta muddatda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar hamda eksport qiluvchilarga O'zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasini tashkil etishlariga ko'maklashishi belgilab qo'yilgan.
Shu munosabat bilan meva-sabzavot eksport qiluvchilar Uyushmasining faoliyatida ishtirok etish istagida bo'lgan respublikamizdagi barcha meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi va eksport qiluvchi tadbirkorlik sub'ektlari mazkur Uyushma faoliyatini tashkil etish va unda ishtirok etish bo'yicha O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Eksportga ko'maklashish boshqarmasiga g.usmanov@chamber.uz elektron manzili orqali yoki +99878 150-60-06 (ichki raqamlar 18-49 yoki 20-21) telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
Qarorni yuklab olish
O'z SSP Matbuot xizmati
03.11.2018
13:17