Hurmatli tadbirkorlar!
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Vengriya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda 2018 yil 13 dekabr kuni Toshkent shahrida ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida Biznes forum o'tkazilishi rejalashtirmoqda.
Mazkur Forumda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish va mahalliy mahsulotlarni Vengriya davlatiga eksport qilish imkoniyatlari to'g'risida o'zaro hamkorlik masalalari ko'rib chiqiladi.
Shu munosabat bilan Vengriya tomoni bilan hamkorlik qilish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o'z takliflarini g.shermatova@chamber.uz elektron manziliga 15 noyabrga qadar yuborishlari mumkinligini bildiramiz.
O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber
12.11.2018
17:41