13 dekabr kuni O'zbekiston-Vengriya biznes-forumi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Vengriya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda 2018 yil 13 dekabr kuni soat 09:30 da "InterСontinental" mehmonxonasida ikki davlat tadbirkorlari ishtirokida Biznes forum o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur Forumda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish va mahalliy mahsulotlarni Vengriya davlatiga eksport qilish imkoniyatlari to'g'risida o'zaro hamkorlik masalalari ko'rib chiqiladi.
Shu munosabat bilan biznes-forumda ishtirok etish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarini onlayn ro'yxatdan o'tishlarini so'raymiz: http://bit.do/eCkKE
Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998 78 150 60 06
Mas'ul xodim: Gulnoza Shermatova
07.12.2018
16:48