Davlatimizning Qomusi qabul qilingan kuniga bag'ishlangan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda korrupsiyaga qarshi qurashish - bugungi kunning dolzarb masalalari" mavzusida seminar o'tkazildi.
Bugungi kunda yurtimizda barcha jabxalarda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar jarayonida korrupsiya turli sohplarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va ayniqsa korrupsion ko'rinishdagi huquqbuzarliklar mamlakatning jadal sur'atlarda ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy-siyosiy rivojlanishiga jiddiy tahdid soluvchi xavf-xatarlardan biri deb qo'rilmoqda.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan o'z maqsad va vazifalarini bajarish doirasida tadbirkorlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, huquqbuzarliklar va birinchi navbatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo'yicha doimiy ravishda kompleks tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
2018 yil 7 dekabr kuni O'zbekiston Milliy matbuot markazida Savdo-sanoat palatasi tomonidan Palataning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Toshkent shaxar soliq va bojxona boshqarmalari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mexnat inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda davlatimiz Konstitutsiyasi Qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag'ishlangan tadbirkorlik sub'ektlari uchun ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklar profilaktikasi mavzusida ochiq seminar o'tkazildi.
Seminar mobaynida joriy yil mobaynida aniqlangan qonunbuzilish holatlari, ular sodir etilishi sabablari va imkon yaratgan shart-sharoitlar atroflicha tanqidiy muhokama qilindi. Shu bilan bir qatorda tadbirda tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni sodir etganlik uchun belgilangan javobgarlik, korrupsiya mohiyati va xavfliligi, unga qarshi kurashish masalalari bo'yicha atroflicha tushuntirish berildi.
Xususan, Palataning boshqarma boshlig'i B.Ibadullaev o'z nutqida tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklarning aksariyati mazkur sohani tartibga soluvchi qonunchilik talablari va qonunlarga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalardan o'z vaqtida xabardor bo'lmayotganligi, soliq va bojxona organlarining ayrim xodimlari o'z xizmat vazifalarini bajarishda mas'uliyatsizlik va suiiste'molchilik holatlariga yo'l qo'yayotganligi oqibatida tadbirkorlarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazilishiga shart-sharoit yaratayotganligi, shu bilan bir qatorda tadbirkorlar o'rtasida qonun talablarini yaxshi bilgan savodli, lekin ularni ochiqdan-ochiq tan olmaydigan, inkor etadigan tadbirkorlar ham uchrab turishligi, lekin sodir etilgan qilmish uchun javobgarlik muqarrar ekanligi haqida so'z yuritdi.
Seminar davomida Toshkent shahar davlat soliq va bojxona boshqarmalari hamda mehnat inspeksiyasi mutasaddi xodimlari so'zga chiqib, o'z sohalari bo'yicha aniqlanayotgan huquqbuzarliklar xususida tahliliy ma'ruza qildilar va bunda kelgusida tadbirkorlar bilan o'zaro munosabatlarda asosiy e'tibor tadbirkorni jazolash emas, balki uning yaqin xamkori va maslahatchisi bo'lishga qaratilishiga alohida urg'u berishdi.
Qizg'in ruxda bo'lib o'tgan munozaralar vaqtida Palata boshqarma boshlig'i B.Ibodullaev Konstitutsiyaning 53-54-moddalarida O'zbekistonda iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat iste'molchilar huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllari teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-barabar muhofaza etilishini ta'minlashi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligi, mulkdor mulkiga o'z xoxishicha egalik qilish huquqi Konstitutsiyaning 53-54-moddalarida mustahkamlanib qo'yilganligi haqida so'z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda qatnashayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari, aniq misollarda tadbirkorlik faoliyatida yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar hamda mazkur yo'nalishda profilaktika ishlari va o'zaro xamkorlik masalalari yuzasidan keng fikr almashildi. Uchrashuvda “Perfec Universal Grand” MCHJ rahbari M.Alimov korxona Palata bilan hamkorlikda investitsiya jalb qilayotganligi, Palata orqali bank va bojxona organlariga munosabatga kirishayotganligi, natijada mazkur organlardan zarur ma'lumotlar to'liq va qisqa muddatda olinayotganligini bayon etdi.
So'zga chiqqan "Ravshan Yodik Production" rahbari o'z nutqida Palata bilan yaqin hamkorlikda ish olib borayotganligi, natijada yuzaga kelayotgan masalalar qisqa muddatda o'z yechimini topayotganligi haqida so'z yuritib, yig'ilishda ishtirok etayotgan barcha tadbirkorlarni Palata bilan yaqin hamkorlik qilishni tavsiya qildi.
Yig'ilish davomida tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.
O'zb SSP Matbuot xizmati
07.12.2018
17:25