Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli “O'zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet mo'ljallari” qaroriga asosan 2019 yil 1 yanvardan quyidagi tartib o'rnatiladi, unga ko'ra:
kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so'mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy belgilangan soliqni hisoblash va to'lash tartibi saqlab qolinadi;
kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so'mdan oshgan, biroq bir milliard so'mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to'lovini 4 foiz stavkada to'lashga o'tkaziladi;
kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so'mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to'laydi.
Shuni aytish joizki, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash 2019 yilning kalendar yilidan boshlanadi.
Xozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar to'lash tartibi ishlab chiqilmoqda. Ishlab chiqilgan tartib tasdiqlangandan so'ng soliq to'lovchilarga qo'shimcha ma'lumot tariqasida yetkaziladi.
05.01.2019
16:45