Amerika Qo'shma Shtatlarida amaliyot o'tashga taklif qilamiz!
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Maxsus Amerika biznes amaliyot dasturi (SABIT) ning 3 haftalik malaka oshirishga nomzodlarni tanlab olish boshlanganligini e'lon qiladi.
Amaliyot dasturining yo'nalishlari:
- "Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash"
- Amaliyot muddati: 2019 yil mart oyida (3 hafta)
- Amaliyot tili: rus va ingliz
- Hujjatlarni qabul qilish sanasi: 2019 yil 30 yanvargacha.
Ishtirokchilarning borish va kelish harajatlarini qabul qiluvchi tomon qoplaydi shuningdek, mexmonxonada joylashishiga, mukammal o'quv dasturi, tarjima xizmatlari, tibbiy sug'urta va ovqatlanish hamda boshqa harajatlarini qoplash uchun qo'shimcha stipendiya beriladi. Viza harajatlari ishtirokchilar tomonidan koplanadi.
Ishtirokchilarni tanlashda qo'yidagi asosiy mezonlarga e'tibor qaratiladi:
- Amaliyot oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qadoqlash sohasidagi mutaxassislar uchun mo'ljallangan;
- Nomzod raxbar lavozimida kamida oxirgi 3 yil ishlashi;
- Oliy ma'lumotli:
- Ingliz va rus tillarini mukammal bilishi;
- Texnik ma'lumotga ega va raxbarlik ish tajribasiga ega bo'lgan hamda hozirda o'zining tashkilotida/korxonasida raxbarlik lavozimida ishlashi kerak.
Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar qo'yidagi so'rovnomani to'ldirib, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi xodimi I.Alievga yoki i.aliev@chamber.uz elektron pochta manziliga yuborish tavsiya etiladi.
Fevral oyida barcha ishtirokchilarga Dasturda ishtirok etish va keyingi tadbirlarda ishtirok etish uchun so'rovnomalar yuboriladi.
Ma'lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olish mumkin: (+998 78) 150-60-06, I.Aliev.
Сўровномани (rus tilida) yuklab olish
Hujjatlarni qabul qilish yakunlandi (2019 yil 30 yanvar).
O'z SSP Axborot xizmati
15.01.2019
17:05