«Basiz-T» MCHJ ning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Palata a'zosi «Basiz-T» MCHJ murojaat qilib, shartnomaviy huquqiy munosabatdan kelib chiqqan 227 136 115 so'mlik debitor qarzdorlikni undirilishida amaliy yordam berishni so'ragan.
Mazkur murojaat yuzasidan, Palata tomonidan «Basiz-T» MCHJ manfaatida qarzdor korxonaga nisbatan sudga da'vo ariza kiritilgan.
Ushbu da'vo arizasi yuzasidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 18.01.2019 yilda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan Palataning da'vo talablari to'liq qanoatlantirilib, «Basiz-T» MCHJ ning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
O'z SSP Axborot xizmati
04.02.2019
17:26