• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Savdo-sanoat palatasi yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o'tkazdi.

    Savdo-sanoat palatasi qonunchilikda belgilangan vakolatlarini amalga oshira borib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash yuzasidan jamoatchilik ekspertizalari o'tkazib kelmoqda.

    Xususan, joriy yilning yanvar oyi davomida 59 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Ekspertlar kengashlari tomonidan ko'rib chiqilib, tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta'sirini inobatga olgan holda,  20 dan ortiq loyihalarga e'tirozlarni o'z ichiga olgan xulosalar berildi.

    Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “Ko'ngilochar savdo ob'ektlariga qo'yiladigan xavfsizlik talablari to'g'risida”gi Qarori loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o'tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha orqali “Ko'ngilochar savdo ob'ektlariga qo'yiladigan xavfsizlik talablari to'g'risida”gi Nizomni tasdiqlash va bu orqali, barcha ko'ngilochar savdo ob'ektlariga qo'yiladigan xavfsizlik talablarini belgilash nazarda tutilgan.

    Biroq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 40-bandiga ko'ra, “restoran, kafe va boshqa  ko'ngilochar ob'ektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlash talablarini o'rnatgan holda ularning tungi paytda ishlash tartibini belgilash” nazarda tutilgan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasini quyidagicha nomlash maqsadga muvofiq:

    “Restoran, kafe va boshqa ko'ngilochar ob'ektlarda tungi paytda ishlash tartibini belgilash tartibi to'g'risida”gi Nizom.

    Shundan kelib chiqib, mazkur Nizomda xavfsizlik masalalari bilan birgalikda ko'ngilochar ob'ektlarning tungi vaqtda ishlash tartibini belgilovchi bandlar kiritilishi zarur.

    Bundan tashqari, Nizom faqat ko'ngilochar ob'ektlar faoliyatiga taalluqli bo'lishi shartligini e'tiborga olib, Nizomda ko'ngilochar ob'ektlarning aniq tushunchasini berish lozim bo'ladi.

    2. Loyiha ilovasining 4-bandi 4-5-xatboshilariga ko'ra, ko'ngilochar savdo ob'ektlarining ma'muriyati va xodimlari “jinoyat, ma'muriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qolish uchun zarur choralarni ko'rishlari;

    ob'ektda paydo bo'lgan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki qidirilayotgan shaxslar to'g'risida darhol ichki ishlar organiga xabar berishlari shart”, - deb belgilangan.

    Bu orqali, ko'ngilochar savdo ob'ektlarining ma'muriyati va xodimlariga qo'shimcha majburiyatlar yuklash nazarda tutilgan.

    Ammo, ushbu shaxslar bunday vazifalarni bajarish uchun to'liq imkoniyatga ega bo'lmasligi mumkin. Xususan, jinoyat, ma'muriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qolish ular ixtiyoriga bog'liq bo'lmasligi yoki ular jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki qidirilayotgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lmasligi mumkin.

    Mazkur norma amaliyotda turlicha talqin qilinishi oqibatida esa, turli tushunmovchilik, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida ortiqcha sarsongarchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasining 4-bandidan 4-5-xatboshilarni chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    3. Loyiha ilovasining 7-bandiga ko'ra, “Ko'ngilochar savdo ob'ektlarida qo'riqlash-yong'indan saqlash va xavf-xatar signalizatsiyalari kompleksini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish ishlari yong'inga qarshi avtomatika vositalarini, qo'riqlash va xavf-xatar signalizatsiyalarini, yong'indan darak beruvchi va yong'indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo'lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi ”, - deb belgilangan.

    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining Ro'yxati”ga “Yong'inga qarshi avtomatika vositalarini, qo'riqlash va xavf-xatar signalizatsiyalarini, yong'indan darak beruvchi va yong'indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish” faoliyati ham kiritilgan bo'lib, ushbu faoliyat bilan tegishli litsenziyasiz shug'ullanish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi.

    Mazkur loyiha ilovasida amaldagi qonunchilikda mavjud bo'lgan normalarni qayta takrorlash zaruriyati mavjud emasligini inobatga olgan holda, loyiha ilovasining ushbu bandini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    4. Loyiha ilovasining 8-bandiga ko'ra, “Ko'ngilochar savdo ob'ekti O'zbekiston Milliy gvardiyasi hududiy bo'linmalarining texnik qo'riqlash punkti qo'riqloviga topshirilib, uning qo'riqlash-yong'indan saqlash va xavf-xatar signalizatsiyasi kompleksi texnik qo'riqlash punktining boshqaruv va kuzatuv pultiga ulanishi lozim”, - deb belgilangan.

    Ushbu normada avvalo, ko'ngilochar savdo ob'ektini O'zbekiston Milliy gvardiyasi hududiy bo'linmalarining texnik qo'riqlash punkti qo'riqloviga topshirish nazarda tutilgan.

    Ammo, loyiha ilovasining 3-bandiga ko'ra, ushbu ob'ektlarda xavfsizlikni ta'minlash va mol-mulkni qo'riqlash bo'yicha xizmatlar shartnoma asosida ichki ishlar organlari yoki qo'riqlash faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar tomonidan ko'rsatilishi mumkinligi belgilangan.

    Bunda ko'rinadiki, ikkala norma o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan.

    Bundan tashqari, qo'riqlash-yong'indan saqlash va xavf-xatar signalizatsiyasi kompleksini texnik qo'riqlash punktlariga ulash kimning hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilmagan.

    Bu esa, amaliyotda ushbu normani turlicha talqin qilish, tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan ortiqcha majburiyat va moliyaviy xarajatlar yuklash, shuningdek, faoliyatni amalga oshirishdagi qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasining 8-bandini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    5. Loyiha ilovasining 9-bandiga ko'ra, “Qo'riqlash signalizatsiyasining datchiklari ko'ngilochar savdo ob'ektiga ruxsatsiz kirib-chiqishni (ochishni, buzishni) hamda unda ruxsatsiz begona shaxslarning borligini aniqlash maqsadida alohida xonalarga, eshiklarga, derazalarga, ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalariga o'rnatiladi”, - deb belgilangan.

    Mazkur norma orqali ham tadbirkorlik sub'ektlariga majburiy ko'rsatmalar berish, qo'shimcha talablar yuklash nazarda tutilgan.

    Ammo, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida”gi Qonun 18-moddasiga ko'ra, “Tadbirkorlik sub'ekti mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkka o'z xohishiga ko'ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi”, - deb belgilangan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasining 9- va 16-bandlarini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    6. Loyiha ilovasining 13-bandiga ko'ra, “Qo'riqlash-yong'indan saqlash va xavf-xatar signalizatsiyalari kompleksining elektr ta'minoti tarmog'i uning sutka davomida uzluksiz tarzda ishlashini ta'minlaydigan bo'lishi zarur. Signalizatsiyalar kompleksining elektr ta'minoti tarmog'i asosiy elektr tizimi o'chirilganda uni almashtiruvchi, avtomatik tarzda ishga tushadigan elektr ta'minoti manbasiga (dizel-generator va boshqalar) ulangan yoki kamida 3 soat ishlovchi akkumulyator bilan ta'minlangan bo'lishi lozim”, - deb belgilangan.

    Mazkur Xulosaning 5-bandida keltirilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasining 13- va 17-bandlarini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    7. Loyiha ilovasining 14-bandiga ko'ra, “Ko'ngilochar savdo ob'ektlarida videokuzatuv tizimini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.

    Ushbu norma orqali ortiqcha va o'rinsiz talablarni belgilash nazarda tutilgan. Zero, amaldagi qonunchilikda videokuzatuv tizimini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish biror-bir ruxsatnoma yoki ruxsat beruvchi hujjat asosida amalga oshirilishi yoxud ushbu sohada ixtisoslashgan tashkilotlar tashkil etilishi belgilanmagan.

    Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida”gi Qonunning 8-moddasiga ko'ra, tadbirkorlik sub'ektlari mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga haqlidir.

    Shu sababli, loyiha ilovasining 14-bandini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    8. Loyiha ilovasining 15-bandiga ko'ra, “Ko'ngilochar savdo ob'ektlarining videokuzatuv kameralari orqali uzatiladigan tasvirlar eng yaqindagi ichki ishlar bo'limining hamda ob'ektning ma'muriyatidan mas'ul navbatchi xodimga ajratilgan xonaning monitorlariga chiqarilishi lozim”, - deb belgilangan.

    Ushbu Xulosa 4-bandida keltirilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasining 15-bandini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    9. Loyiha ilovasining 18-bandiga ko'ra, “Sutkaning tungi vaqtida faoliyat ko'rsatuvchi ko'ngilochar ob'ektlari va uning atrof-hududlari yetarli darajada yoritilishi lozim”, - deb belgilangan.

    Mazkur normada “atrof-hududlari” deganda, aynan qanday o'lchamdagi hudud nazarda tutilganligi aniq emas.

    Bu ham o'z navbatida, turli tushunmovchiliklar va ortiqcha talablarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Yuqoridagi tavsiyalarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasining ushbu bandini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    Palata tomonidan mazkur Xulosani berilishida tadbirkorlik sub'ektlariga ortiqcha majburiyatlar hamda qo'shimcha moliyaviy xarajatlarni yuklamaslik masalalariga alohida ahamiyat berildi.

     

    O'z SSP Axborot xizmati 
     

    13.02.2019

    14:38

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06