• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o'tkazdi.

    Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “Hayvonlarni so'yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste'mol bozoriga go'sht va go'sht mahsulotlari yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o'tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyihaning 1-bandiga ko'ra, “Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishga nisbatan veterinariya-sanitariya qoida va me'yorlari” 1-ilovaga muvofiq, “Ixtisoslashgan so'yish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me'yorlari” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”, - deb belgilangan.

    Bu orqali, Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishga hamda ixtisoslashgan so'yish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me'yorlarini tasdiqlash nazarda tutilgan.

    Shuningdek, loyiha ilovalarida amaldagi tartibni murakkablashtiruvchi, bajarilishi hamda bajarilishini nazorat qilish qiyin bo'lgan, amaliyotda ishlamaydigan normalarni belgilash nazarda tutilgan.

    Xususan, loyiha 1-ilovasining 4-,6-,8-,9-,11-,83-,84- va boshqa bandlari hamda loyiha 2-ilovasining 3-,80-,89-,113- va boshqa bandlarida tadbirkorlik sub'ektlariga qo'shimcha majburiyat, ortiqcha moliyaviy xarajatlar yuklovchi normalar nazarda tutilgan.

    Bu esa, ushbu sohada faoliyat yuritishni murakkablashtirib, iste'mol uchun talab yuqori bo'lgan go'sht va go'sht mahsulotlarining qimmatlashishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.

    Bundan tashqari, “Veterinariya to'g'risida”gi Qonunning 7-moddasiga ko'ra, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash Davlat veterinariya qo'mitasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

    Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasining 2018 yil 27 iyundagi 24- va 25-sonli Qarorlari bilan “Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishga nisbatan vaqtinchalik veterinariya-sanitariya qoidalari” hamda “Ixtisoslashgan so'yish korxonalariga nisbatan vaqtinchalik veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me'yorlari” tasdiqlangan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihaning 1-2-ilovalaridan yuqorida keltirilgan bandlarini chiqarib tashlash, shuningdek, mazkur veterinariya-sanitariya qoida va me'yorlarini Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlashning maqsadga muvofiq emasligi masalasini ko'rib chiqish tavsiya etiladi.

    2. Loyihaning 3-bandiga ko'ra, “Respublika hududlarida hayvonlarni so'yish va teriga birlamchi ishlov berish bo'yicha 2019-2021 yillarda tashkil etiladigan mexanizatsiyalashgan ixtisoslashgan so'yish korxonalari (keyingi o'rinlarda – ixtisoslashgan so'yish korxonalari) ro'yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ixtisoslashgan so'yish korxonalari tomonidan hayvonlar va go'shtni tashish bo'yicha transport va boshqa servis xizmatlari ko'rsatishni tashkil etish majburiyati belgilab qo'yilsin”, - deb belgilangan.

    Mazkur norma orqali quyidagilar belgilanmoqda:

    3-ilovaga ko'ra, respublika hududidagi har bir tuman va shaharlarda bittadan ixtisoslashgan so'yish korxonalari tashkil etilishini belgilash;

    tashkil etiladigan so'yish korxonalariga transport va boshqa servis xizmatlari ko'rsatishni tashkil etish majburiyatini yuklash.

    Avvalo, tashkil etilishi nazarda tutilayotgan ixtisoslashgan so'yish korxonalari tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan mustaqil ravishda tashkil etilishini hamda ushbu faoliyatda sog'lom raqobatni ta'minlash masalalarini inobatga olganda, ularning chegaralangan qat'iy miqdorini belgilash to'g'ri bo'lmaydi. Ya'ni, bunda rejali iqtisodiyotga qaytish alomatlari ko'rinadi.

    Shuningdek, bunday korxonalar tomonidan ishlar va xizmatlar, shu jumladan hayvonlar va go'shtni tashish bo'yicha transport va boshqa servis xizmatlari shartnoma asosida, o'zaro kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Shu bois, ularga nisbatan bunday ortiqcha majburiyatlarni yuklash shart emas.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihaning 3-bandini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    3. Loyihaning 6-bandi ikkinchi xatboshiga ko'ra, “hayvonlarni so'yish xizmatlarini yo'lga qo'yishda ixtisoslashgan va mini so'yish korxonalarini tashkil etish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.

    Hayvonlarni so'yish korxonalarini bunday ikki turdagi shaklda tashkil etilishini nazarda tutish, keyinchalik amaliyotda ularni turlicha talqin qilinishi, tadbirkorlik sub'ektlarining tabaqalanishi hamda ularga nisbatan cheklov yoki imtiyozlarniturlicha qo'llanilishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Bundan tashqari, bunday korxonalarni faqat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilishini belgilash tadbirkorlik faoliyatini cheklash, ortiqcha to'siqlarni yaratish hisoblanadi. Zero, bunday faoliyat turi bilan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik sub'ektlari ham shug'ullanishi mumkin.

    Loyihada bu kabi cheklovlarni nazarda tutilishi amaliyotda ushbu faoliyat bilan yashirin ravishda shug'ullanish, go'sht va go'sht mahsulotlari narxlarining keskin oshishi bilan bog'liq salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Shu sababli, yuqoridagi xatboshini quyidagi tahrirda bayon etish maqsadga muvofiq:

    “hayvonlarni so'yish xizmatlarini yo'lga qo'yishda ixtisoslashgan so'yish korxonalarini tashkil etish tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan amalga oshiriladi”.

    4. Loyihaning 6-bandi to'rtinchi xatboshiga ko'ra, “ixtisoslashgan so'yish korxonalarining veterinariya mutaxassislari, qassoblar va boshqa texnik xodimlari (keyingi o'rinda xodimlar) belgilangan tartibda malakasini oshiradi va malaka oshirmagan xodimlarni faoliyat yuritishi ta'qiqlanadi”, - deb belgilangan.

    Ushbu normada xodimlar malakasini oshirish lozimligi nazarda tutilgan bo'lib, ammo malaka oshirish tartibini belgilovchi organ ko'rsatilmagan.

    Bu esa, keyinchalik amaliyotda noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Shu bois, loyihaning 6-bandi to'rtinchi xatboshini quyidagi tahrirda bayon qilish maqsadga muvofiq:

    “ixtisoslashgan so'yish korxonalarining veterinariya mutaxassislari, qassoblar va boshqa texnik xodimlari (keyingi o'rinda xodimlar) Davlat veterinariya qo'mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda malakasini oshiradi va malaka oshirmagan xodimlarni faoliyat yuritishi ta'qiqlanadi”.

    5. Loyihaning 6-bandi beshinchi xatboshiga ko'ra, “go'sht va so'yish (sub) mahsulotlarining ulgurji savdosi faqatgina ixtisoslashgan so'yish korxonalarida amalga oshiriladi. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa savdo ob'ektlarida go'sht va go'sht (sub) mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirishga yo'l qo'yiladi”, - deb belgilangan.

    Ushbu norma orqali bozorlar, savdo majmualari va boshqa savdo ob'ektlarida go'sht va go'sht mahsulotlarining savdosini tartibga solish masalalarini belgilash nazarda tutilgan.

    Ammo, mazkur loyiha nomlanishiga ko'ra, “Hayvonlarni so'yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste'mol bozoriga go'sht va go'sht mahsulotlari yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” bo'lib, go'sht va go'sht mahsulotlarining savdosini tartibga solish masalalari uning predmeti hisoblanmaydi.

    Shuningdek, bozorlar, savdo majmualari va boshqa savdo ob'ektlarida oziq-ovqat mahsulotlarini (shuningdek, go'sht va go'sht mahsulotlarini) sotish tartibi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar (xususan, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari) bilan tartibga solinadi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihaning 6-bandidan beshinchi xatboshini chiqarib tashlash lozim.

    6. Loyiha ilovasining 6-bandi o'n birinchi xatboshiga ko'ra, “teri xom ashyosini tayyorlash (qayta ishlash) yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan, veterinariya va sanitariya talablariga javob beradigan teri xom ashyosini qabul qilish va saqlash uchun bino hamda omborxonalari mavjud bo'lgan “O'zcharmsanoat” uyushmasi a'zolari tomonidan amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.

    Mazkur norma orqali teri xom ashyosini tayyorlash (qayta ishlash) faqat “O'zcharmsanoat” uyushmasi a'zolari bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, ushbu sohada uyushma a'zolarigagina imtiyoz va yengilliklarni berish nazarda tutilgan. Bu esa, sohadagi boshqa tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini cheklaydi va bu amaldagi qonunchilik talablariga ziddir.

    Zero, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida”gi Qonunning 26-moddasiga ko'ra, “Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari qimmatli qog'ozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun tovarlarning ayrim turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining qimmatli qog'ozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga kirishi davlat organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yo'l qo'yilmaydi”, - deb belgilangan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasining 6-bandidan o'n birinchi xatboshini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    7. Loyihaning 11-bandiga ko'ra, “O'zcharmsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan va mini so'yish korxonalari 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatga barcha soliqlarini to'lashdan ozod etilsin”, - deb belgilangan.

    Mazkur normada nazarda tutilgan.

    Ammo, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko'rsatayotgan boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga nisbatan afzal holatga qo'yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishiga yo'l qo'yilmaydi.

    Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 31.05.2018 y.dagi PQ-3756-sonli Qarori 2-bandi ikkinchi xatboshiga ko'ra, “soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (keyingi o'rinlarda imtiyozlar deb yuritiladi) qonunlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun beriladi, shuningdek, aniq maqsadga ega bo'lishi hamda aniq ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy natijalarga erishishni ta'minlashi zarur”, - deb belgilangan.

    Shu bois, loyihaning 11-bandini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    8. Loyihaning 12-bandiga ko'ra, “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “O'zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki “O'zcharmsanoat” uyushmasining tavsiyasiga muvofiq ilovaga muvofiq ixtisoslashgan so'yish korxonalarini qurish va aylanma mablag'larini to'ldirish uchun tadbirkorlarga qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan miqdorda kredit mablag'lari ajratilishini, shuningdek komissiya to'lovlarisiz naqd pul mablag'lari berilishini ta'minlasin”, - deb belgilangan.

    Ushbu normada kredit mablag'lari tadbirkorlik sub'ektlariga “O'zcharmsanoat” uyushmasining tavsiyasiga muvofiq ajratilishi nazarda tutilgan.

    Ammo, bu tadbirkorlik sohasidagi ortiqcha to'siq va qo'shimcha cheklovlarni o'rnatilishiga olib keladi, korrupsiya holatlariga yo'l ochadi.

    Shu bois hamda ushbu Xulosaning 2- va 7-bandlarida keltirilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda, loyihaning mazkur bandidan “O'zcharmsanoat” uyushmasining tavsiyasiga muvofiq ilovaga muvofiq” so'zlarini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    Ushbu Xulosani berishda qonunchilik normalarining o'zaro muvofiqligini ta'minlash, loyihada rejali iqtisodiyot unsurlarini nazarda tutmaslik, tadbirkorlik sub'ektlariga teng hamda qulay imkoniyatlar yaratish, ularga nisbatan ortiqcha majburiyat va moliyaviy xarajatlarni nazarda tutmaslik masalalariga alohida ahamiyat berildi.

    Palata tomonidan loyiha “E'tirozlar bilan” imzolandi.

    O'z SSP Axborot xizmati 
     

    21.02.2019

    11:20

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06