Hurmatli tadbirkorlar!
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan respublikada bojxona tariflarini tartibga solishni takomillashtirish, shuningdek, eksportga yo'naltirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasiga mahsulotlarni import qilishda o'rnatilgan bojxona bojlarining amaldagi stavkalariga o'zgartirish kiritish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, respublikamizning eksportga yo'naltirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchilariga qulay muxit yaratish maqsadida hamda import qilinayotgan mahsulotlar uchun boj stavkalari bo'yicha asoslantirilgan takliflaringizni ilovaga muvofiq jadval asosida 2019 yil 26 martga qadar Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasi j.nosirov@chamber.uz elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.
O'z SSP Axborot xizmati
20.03.2019
16:58