• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Garov reestri investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

    Joriy yildan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan garov reestriga yozuv kiritish va ko'chirma taqdim etilganligi uchun undiriladigan to'lovlar miqdori ikki barobarga kamaytirilib, mos ravishda eng kam ish haqining 10 va 5 foizi miqdorida belgilandi.

    - Bu me'yor so'nggi ikki yilda mamlakatimizda bozor islohotlarini izchil chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini rag'batlantirish bo'yicha ko'rilayotgan kompleks chora-tadbirlar doirasida qabul qilindi, - dedi Markaziy bank huzuridagi “Garov reestri” davlat unitar korxonasi direktori Ahmadxon Mamatov. – Garov bilan ta'minlangan kreditorlar talablarini kredit mablag'lari qaytarilishining kafolati hisoblangan garovdagi mol-mulk qiymatidan qondirish tizimi samaradorligini oshirish evaziga qo'shimcha mablag' jalb etish imkoniyatini kengaytiradi.

    Har qanday kreditor, bank yoki investor biror loyihani moliyalashtirmoqchi ekan, avvalo uning istiqboliga, ajratilgan mablag'larning qaytarilish ta'minotiga e'tibor qaratadi. Bordiyu mazkur masalalarda mavhumlik mavjud bo'lsa, loyihaga na investor, na bank mablag' ajratadi yoki ta'minotga nisbatan juda og'ir shartlar qo'yadi. Bu esa pirovardida iqtisodiy rivojlanish sur'atiga sezilarli salbiy ta'sir etadi.

    Ushbu holatning oldini olish maqsadida bundan besh yil oldin Markaziy bank huzurida kichik biznes tuzilmalarining kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini soddalashtirish va kengaytirish, kredit tavakkalchiliklarini qisqartirish, shartnoma shartlarining har ikki ishtirokchisi tomonidan bajarilishini ta'minlashga ko'maklashuvchi garov reestri instituti tashkil etilgan edi. Mol-mulkni garovga olish evaziga kredit resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qilayotgan mazkur institut faoliyati mamlakatimizda ishchanlik va investitsion muhitni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etib, Jahon bankining “Biznes yuritish” hisobotida ham ijobiy baholanmoqda.

    Garov reestri – majburiyatlar bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida garovga berib qo'yilgan, shuningdek undiruvga qaratilgan mol-mulklar hamda ushbu mulklarga kreditorlarning ustuvor huquqlari to'g'risida jamlangan axborotlar bazasidir.

    Mazkur bazaga kirib, bino-inshootlar, transport vositalari, asbob-uskunalar, inventar va xom ashyolar, debitor qarzlar, qishloq xo'jaligining kutilayotgan hosili, intellektual mulk va boshqa mulklarning garovga berilgani yoki unga undiruv qaratilgani to'g'risidagi mavjud ma'lumotlarni mulk egasining soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR) orqali izlash va olish mumkin.

    Shu yil boshiga kelib, foydalanuvchilar tomonidan garov mulkiga bo'lgan huquqlari to'g'risida garov reestriga kiritilgan yozuvlar 191,5 mingtani tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 85 foiz oshdi.

    Istalgan yuridik va jismoniy shaxslar garov reestridan internet axborot tarmog'i(garov.uz) orqali kechayu kunduz foydalanish imkoniyatiga ega.

    Garov reestri xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 2018 yilda jismoniy shaxslar uchun “Billing” tizimi joriy qilindi hamda garov reestrining mobil versiyasi yaratildi.

    Bugungi kunda, barcha tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari, davlat organlari va boshqa bir qator xo'jalik sub'ektlari mulkiy munosabatlarni amalga oshirishda garov reestri xizmatlaridan keng foydalanmoqda.

    Ma'lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun jozibadorlikni oshirish va tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish borasida qonunchilik bazasi faol isloh etilmoqda. Ushbu jarayon garov reestrini yuritish sohasini ham qamrab olib, kreditorlarni huquqiy himoyasini kuchaytirishning amaldagi tartib-taomillari takomillashtirilmoqda.

    Mamlakatimiz rahbarining “Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4026-son qarori garov munosabatlarini shaffoflashtirish va jadal rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirdi.

    Masalan, “Garov to'g'risida”gi Qonunning 15-moddasida qarzdor mol-mulkini garovga olgan birinchi kreditor ruxsatisiz mazkur mol-mulkni navbatdagi garovga qo'yish imkoni cheklangan hamda navbatdagi garovga oluvchining talabi bu mol-mulkning qiymatidan avvalgi garovga oluvchilarning talablaridan keyin qanoatlantirilishi ko'zda tutilgan edi.

    Endilikda, bu tartibga barham berildi: qarzdor, o'zining garovdagi mol-mulkini bir paytning o'zida boshqa kreditorga navbatdagi garovga qo'yishiga kreditor - garovga oluvchi tomonidan garov reestriga tegishli yozuvni kiritish sharti bilan avvalgi garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etildi. Bunda, garovdagi mol-mulkini navbatdagi garovga oluvchi kreditor, ushbu mol-mulk bilan ta'minlangan majburiyatlarini qoplash imkoniyatini o'rganib chiqqan holda mol-mulkni garovga olish yoki olmaslik to'g'risida mustaqil qaror qabul qiladi.

    Qarzdorning mol-mulki bir nechta kreditorda garovga qo'yilgan hollarda, qarzdor o'z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, mol-mulk hisobidan kreditorlar talablarini qondirish, garov reestriga qarzdorning mol-mulkiga bo'lgan huquqlari to'g'risida yozuv kiritilgan sanaga ko'ra kalendar ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Ya'ni, qarzdor mol-mulki bir nechta kreditorda garovga olingan holatda, garov mulkiga bo'lgan huquqlari to'g'risida garov reestriga birinchi bo'lib yozuv kiritgan kreditor garovdagi mol-mulk hisobidan o'z talablarini (boshqa kreditorlardan oldin) birinchi bo'lib qondiradi va shu tarzda yozuv kiritilgan sanaga, vaqtga muvofiq ketma-ketlikda talablar qondiriladi.

    Shuningdek, garov mulki hisobidan o'z talablarini qondirishda garov reestriga qarzdorning mol-mulkiga bo'lgan huquqlari to'g'risida yozuv kiritgan kreditor-garovga oluvchilar garov reestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditor-garovga oluvchilarga nisbatan ustuvor huquqqa ega bo'ladilar. Ushbu holat nafaqat bank va qarzdor o'rtasidagi garov munosabatlarida, balki boshqa biznes sub'ektlari, shuningdek jismoniy shaxslarning shartnomaviy mulkiy munosabatlarida ham uchrashi mumkin.

    Yana bir yangilik: yuqoridagi Qonunning 21-moddasida garovga qo'yuvchi garovdagi mol-mulkini garovga oluvchining roziligi bilan ijaraga berishga haqli ekanligi qayd etilgan edi.

    Endilikda, garovga qo'yuvchi garovdagi mol-mulkini garovga oluvchining roziligisiz ijaraga berishi mumkin. Buning uchun ijara munosabatlari to'g'risida garov reestriga tegishli yozuvni kiritishi va mol-mulkni ijaraga berganligi to'g'risida garovga oluvchini xabardor etishi shart.

    Bundan tashqari, qarzdor o'z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, undiruvni garovdagi ko'char mol-mulkka qaratganda sud jarayonlarining cho'zilib ketishi, pirovardida kreditorning zarar ko'rishiga va kredit foizlarining oshib ketishiga sabab bo'lar edi.

    Bu masala ham o'z yechimini topdi. Yozma bitim mavjud bo'lgan, ya'ni garov sifatida qo'yilgan ko'char mol-mulkka undiruvni qaratish garov shartnomasida belgilangan taqdirda, garov predmetiga undiruvni sud buyrug'i tartibida qaratish belgilandi. Shu bilan birga, garov predmetini to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazish, ijaraga, lizingga yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullar orqali realizatsiya qilish mumkin.

    - Qarorda eng ilg'or xalqaro amaliyotlarni hisobga olgan holda, mulkni garovga qo'yish, lizing va majburiyatlarni ta'minlashning boshqa turlarining amaldagi mexanizmlarini takomillashtirish, garovga qo'yilgan mol-mulkka undiruvni qaratishga oid talablarni unifikatsiya qilish orqali kreditorlarning huquqlarini himoya qilish kuchaytirildi, - deya ta'kidladi Ahmadxon Mamatov. - Tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy resurslarga bo'lgan talabi ko'char mulklarning ta'minot bozoriga jadal kirib borishi orqali qondiriladi.

    Yangi me'yorlar ta'minotlar bozori garov reestri orqali shaffoflanishiga va barcha bozor ishtirokchilarining o'z xavf-xatarlarini to'g'ri va oqilona baholashiga sharoit yaratadi. A.Mamatov qayd etishicha, ushbu chora-tadbirlar xorijiy investorlarning milliy iqtisodiyotimizga bo'lgan ishonchi oshib, xorijiy investitsiyaning faol kirib kelishiga, kreditlar, mikrokreditlar va boshqa qarz mablag'larining tavakkalchilik darajasi hamda foizlari pasayishiga, moliyalashtirish bozorini sezilarli rivojlanishiga yo'l ochib beradi;

    Umuman olganda, aholi va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengayishiga hamda respublikaning xalqaro reytingi va investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

    O'zA
     

    04.04.2019

    12:18

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06