Xorazm viloyatida tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
2019 yil 16-17 aprel kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi xodimlari tomonidan Xorazm viloyati davlat organlari bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari vakillari bilan tadbirkorlik faoliyati sur'atlarini jadallashtirish, hududga faol investitsiyalarni kiritish, tadbirkorlik faoliyatiga aholining barcha qatlamlarini jalb etish masalalariga bag'ishlangan uchrashuvlar o'tkazildi.
O'tkazilgan uchrashuvlar davomida qatnashchilarning huquqiy savodxonligini oshirish borasida keng targ'ibot ishlari olib borildi, davlatimiz rahbari tomonidan sohani rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar, xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2019 yil 15 martdagi PF-5690-son Farmoni mazmun-mohiyati, berilgan topshiriqlarni bajarish usul va uslublari, tadbirkorlarni qiynayotgan tizimli muammolar tahlili va ularni hal etish yo'llari, fuqarolar xayoti farovonligini oshirish yo'lida tadbirkorlik faoliyati tutgan o'rni to'g'risida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Qizg'in yo'sinda o'tgan yig'ilishlarda ishtirokchilar kun tartibidagi masala yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga asoslantirilgan javoblar va tavsiyalar olishdi.
O'z SSP Axborot хizmati
17.04.2019
18:05