Tadbirkorlik murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalariga mudir tayinlandi.
Tadbirkorlik murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalari Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan edi.
Hukumat qarori bilan G'olibsher Meliboevich Ziyaev O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlik murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Tadbirkorlik murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalari Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan bo'lib (PF-5718-son, 14.05.2019 y), tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o'tkazish qabulxonalar faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
23.05.2019
10:26