"Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovining Namangan viloyati bosqichida g'oliblar aniqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida 2018 yil yakunlari bo'yicha o'tkaziladigan «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etish to'g'risida»gi 278-F-sonli farmoyishini viloyatda ijrosini ta'minlash bo'yicha viloyat hokimining 2019 yil 20 apreldagi 159-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur farmoyishga asosan joriy yilning 25 aprel-14 may kunlari ko'rik-tanlovning shahar va tuman bosqichlari o'tkazildi. Ularda jami 350 nafardan ortiq tadbirkor, fermer va hunarmandlar ishtirok etdilar.
Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi 22 may kuni Namangan shahridagi «Yoshlar markazi»da o'tkazildi. Unda shahar va tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 56 nafar g'oliblar, shundan 12 nafar sanoat sohasidagi tadbirkor, 10 nafar xizmat ko'rsatish sohasidagi tadbirkor, 12 nafar yosh tadbirkor, 10 nafar fermer va 12 nafar hunarmandlar qatnashdilar.
Ko'rik-tanlovning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining birinchi o'rinbosari A.Kamalov, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari J.Mamajanov, viloyat bosqichi tashkiliy qo'mitasi a'zolari, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Ko'rik-tanlov yakuniga ko'ra:
«Sanoat sohasida eng yaxshi tadbirkor» yo'nalishi bo'yicha:
- I-o'rinni Namangan shahar “Nafis teks group” MCHJ;
«Xizmat ko'rsatish sohasida eng yaxshi tadbirkor» yo'nalishi bo'yicha;
- I-o'rinni Chust tumani "Madina zakovat ziyo" XK;
«Eng yaxshi yosh tadbirkor» yo'nalishi bo'yicha;
- I-o'rinni Namangan tuman "Golden Egg of Namangan" MCHJ;
«Eng yaxshi fermer» yo'nalishi bo'yicha;
- I-o'rinni Namangan tumani "Axmadbek saxovati" fermer xo'jaligi;
«Eng yaxshi hunarmand» yo'nalishi bo'yicha;
- I-o'rinni Namangan shahridan Hunarmand Tadjibaev Xakim;
«Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovi viloyat bosqichining taqdirlash marosimida viloyat hokimining birinchi o'rinbosari A.Kamalov, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari J.Mamajanov, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, viloyat bosqichi g'oliblari hamda ishtirokchilariga ko'rik-tanlovning qimmatbaxo sovg'alari va diplomlarini tantanali ravishda topshirildi.
O'z SSP Axborot xizmati
23.05.2019
15:44