O'z SSP da O'zbekiston-Qozog'iston ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
12 iyun kuni O'z SSP da O'zbekiston-Qozog'iston ishbilarmon doira vakillari ishtirokida “B2B” formatida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Qozog'iston delegatsiyasi tarkibidan un-don mahsulotlari, kimyo sanoati va investitsiya sohasida faoliyat yuritayotgan 5 ta yetakchi kompaniyalar vakillari o'rin olishdi.
Delegatsiya vakillari O'zbekistonda yaratilgan investitsion muhit, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokidagi “B2B” uchrashuvida O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tadbirkorlar o'rtasida o'zaro boshoqli un-don mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan bitimlar tuzildi va bir necha kompaniyalar bilan boshlang'ich kelishuvlarga erishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
O'z SSP Axborot xizmati
13.06.2019
17:30