O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil I yarim yillik faoliyati yuzasidan xisoboti
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida O'zbekiston Respublikasining “Savdo-sanoat palatasi to'g'risida”gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari va boshqa huquqiy-normativ aktlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda aholining tadbirkorlik faolligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatining barcha bosqichlarida yuzaga kelayotgan muammolarni ortiqcha to'siqlarsiz hal etish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini huquqiy himoyasini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatlariga ko'maklashish, ularni biznes asoslariga o'qitish, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqiy ongini oshirish, biznes sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqa yo'nalishlar bo'yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilgan. Yuqoridagilar haqida biznes hamjamiyat e'tiboriga hisobotni taqdim etishni lozim deb topdik.
TADBIRKORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA
Tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda biznes sohasida qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- qabul qilinishi ko'zda tutilayotgan normativ-xuquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash yuzasidan jami 453 ta hujjatlar (qonun, Prezident farmoni va qarorlari, Huqumat qarorlari va b.) loyihalari ko'rib chiqildi va 227 ta loyihalar bo'yicha tadbirkorlik faoliyati rivojiga to'sqinlik qiluvchi yoki cheklovchi me'yoriy-xuquqiy hujjatlarga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish zaruriyati to'g'risida tavsiyalar bayon etilgan hulosalar tayyorlandi hamda qonunchilik va ijro etish hokimiyati organlariga taqdim etildi.
- tadbirkorlarning huquqiy himoyasini ta'minlash maqsadida Palata tomonidan Palata a'zolari manfaatida sudlarga jami 33 436 ta da'vo arizalari kiritildi. Shundan, qariyb 78% to'liq qanoatlantirilgan.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019 yildagi “O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5729-sonli Farmoniga asosan qabul qilingan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturiga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, Bosh prokuraturaga taqdim etildi;
- 2019 yilda Respublika hududlarida tadbirkorlik sub'ektlari uchun ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Bosh prokuratura, DSQ, DBQ, Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda ochik seminarlar Reja-jadvali ishlab chiqilib tasdiqlandi va hozirgi kunda ijrosi ta'minlanmoqda;
Shu bilan birga, 793 ta holatda tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida vujudga kelgan nizolar sudgacha nizoni hal etish (mediatsiya) jarayonida hal etilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tegishli qaror va hukmlari yuzasidan kelib chiqqan noroziliklar bo'yicha 24 ta holatda muammoli masalalari yuzasidan O'zR Bosh prokuraturasi va Oliy sudiga nazorat tartibida protest kiritilishi to'g'risida iltimosnomalar yuborilgan.
TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA KO'MAKLASHISH SOHASIDA
Palata tizimida tadbirkorlik sub'ektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va rivojlantirishda amaliy yordam berish, Bank-moliya tashkilotlari bilan hamkorligi, bozor infratuzilmasi sub'ektlari xizmatlaridan foydalanish, biznes-reja ishlab chiqish va marketing tadqiqotlari va yoshlar tadbirkorligi bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirkorlikka ko'maklashish markazlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 95 964 ta xizmatlar ko'rsatilgan.
Eng ko'p xizmatlar biznes asoslari va faoliyat yuritish bo'yicha maslahat berish, ro'yxatdan o'tish, davlat xizmatlari va bozor infratuzilmasi sub'ektlari xizmatlarini olishda ko'maklashishga doir xizmatlarni tashkil etgan.
Ushbu xizmatlar sonining o'sish sur'ati:
Ko'rsatilgan xizmatlarning 4 309 tasi pullik xizmatlardir.
TADBIRKORLIK SUB'EKTLARINI O'QITISH VA QAYTA TAYYORLASH SOHASIDA
Savdo-sanoat palatasi (Palata) qoshida 1 ta unitar korxona, 5 ta o'quv markazlari va 1 ta o'quv markaz filiali faoliyat qo'rsatmoqda. Mazkur o'quv markazlari qoshida hisobot davrida umumiy tashkil etilgan o'quv kurslarida jami 531 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolar o'qitildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan jami 4414 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub'ektlari uchun kasb-hunar kollejlari negizida o'quv kurslari o'tkazildi.
Shuningdek, tadbirkorlik sohasiga tegishli turli mavzularda jami 542 ta seminar, konferensiya va davra suhbatlari tashkil etildi.
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH SOHASIDA.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2019 yilning I yarim yilligida
270 ta mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga jami 55,7 mln.dollar miqdorida o'z mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishga ko'maklashildi.
Ushbu summaning hududlar kesimida taqsimlanishi (ming AQSH dollari):
Palata tomonidan ko'rsatilgan amaliy ko'mak eksport shartnomasini tuzish, xorijiy hamkorlarni izlash, tijorat taklifini tayyorlash va uni xorijiy xaridorlar e'tiboriga yetkazish, ko'rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta'minlash, eksport qilish bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirishlardan iborat bo'lib, eksport bozorlari avvalo, RF, Xitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg'oniston, Belorus, Koreya, Eron, Estoniya, Ukraina, Moldaviya, Ruminiya, Sloveniya, Gruziya, Hindiston, Pokiston, Ozarbayjon, Bolgariya, Turkiya, BAA, Buyuk Britaniyaga to'g'ri keladi.
Mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb etish yo'nalishida 96 ta qo'shma va xususiy ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etishda yordam ko'rsatildi.
Tadbirkorlik sub'ektlariga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni olib kirishda faol ish olib borildi. Xususan, 340 ta korxonaga umumiy qiymati 18,1 mln. AQSH dollariga teng mini-texnologiyalar va uskunalarni topish va xarid qilishda bevosita yordam ko'rsatilgan.
Ushbu summaning hududlar kesimida taqsimlanishi (ming AQSH dollari):
SSPning asosiy vazifalaridan yana biri shundan iboratki, mahalliy tadbirkorlarimiz va xorijiy tadbirkorlar hamda xorijiy mamlakat bozorlari o'rtasidagi aloqani ta'minlashdir. Ushbu yo'nalishda Xorijiy mamlakatlar vazirlik va idoralari, diplomatik korpusi, hamkor tashkilotlar va korxonalar vakillari bilan 94 ta uchrashuvlar tashkil etildi, 42 ta xalqaro darajadagi tadbirlar tashkil etildi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qirg'izston Savdo-sanoat palatasi o'rtasida Ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi hamda palata va uning xududiy boshqarmalari tomonidan Germaniya, Mississipi taraqqiyot tashkiloti, O'zbek-Xitoy savdo uyushmasi, Afg'oniston Halqaro savdo palatasi bilan o'zaro 8 ta xamkorlik bitimlari imzolandi va O'zbekiston milliy tovar va hizmatlarining chet elga eksportini qo'llab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan 186 nafar tadbirkorlarning xorijiy davlatlarda tashkil etilgan 28 ta Xalqaro ko'rgazma va yarmarkalardagi ishtiroklari ta'minlandi.
BOSHQA SOHALARDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR.
a) Kichik biznes sub'ektlari sonini o'tgan yilga nisbatan ikki birobar oshirish.
2019 yilda jami 106 750 ta kichik biznes sub'ektlarini yangidan tashkil etish reja qilingan bo'lib, 1-yarim yillik uchun reja 51 054 taga to'g'ri keladi.
1 iyul holatiga 54 259 ta kichik biznes sub'ekti davlat ro'yxatiga olindi va reja ijrosi 106%ga bajarildi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda 28 628 taga yoki 2.1 barobarga ko'p (2018 yil olti oyda jami 25 631 ta kichik biznes sub'ekti tashkil etilgan).
Shuningdek, 1 iyul holatiga tashkil etilgan kichik biznes sub'ektlari soni 2018 yillik ko'rsatkichdan 5 337 taga yoki 111%ga ko'pdir.
Yangidan tashkil etilgan 54 259 ta kichik biznes sub'ektidan 35 166 tasi (64.8%) MCHJ, 12 281 tasi (22.6%) xususiy korxona, 6 654 tasi (12.3%) oilaviy korxona, 158 tasi (0.3%) unitar korxonalar hisoblanadi.
2019 yil 1 iyun holatiga respublikada faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes sub'ektlari soni 304.2 mingtani tashkil etdi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 24.1%ga oshgan.
Faoliyat ko'rsatayotgan jami 304.2 mingta kichik biznes sub'ektlaridan:
b) Hunarmandchilikni rivojlantirish, shu orqali aholini kasbga o'rgatish, bаndligini ta'minlash.
Farmonga qadar Uyushma a'zolari soni 9 823 tani tashkil etgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib ularning soni 2.9 barobarga oshib, 28 395 taga yetdi (shundan 11 140 nafari xotin-qizlar).
1-yarim yillikda 19 516 nafar shogird hunarmandchilikka jalb etildi va jami tayyorlangan shogirdlar soni 42 737 nafarga yetdi.
Prezidentimizning 05.03.2019 yildagi PQ-4227-sonli Qarorida hamda hududlarga tashrif doirasida 2019 yilda hunarmandchilik hisobiga 44 700 ta yangi ish o'rinlari yaratish rejasi belgilangan.
1-yarim yillik holatiga 28 660 ta yangi ish o'rinlari yaratildi yoki yillik rejaning 64.1%i bajarildi.
2019 yilda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida qo'shimcha
86.8 mlrd. so'mlik 2 803 ta loyiha tasdiqlangan. 1-yarim yillikda umumiy qiymati 95.4 mlrd. so'mlik jami 2 536 ta loyiha moliyalashtirildi.
Farmon qabul qilingandan boshlab 2019 yilning 1 iyul holatiga jami 317.9 mlrd. so'mlik 10 018 ta loyihaga kredit ajratilgan yoki 2019 yil so'ngiga qadar jami ajratilgan resursning 72.1%i o'zlashtirilgan
yushma tomonidan “Yosh hunarmandlar portali” yagona internet tarmog'i veb-sahifasi ishga tushirildi.
kda uyushma a'zolari Germaniya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Niderlandiya va Lyuksemburg mamlakatlarida o'tkazilgan hunarmandchilikka oid ko'rgazma va tadbirlarda ishtirok etdi va 22 230 AQSH doll. miqdoridagi hunarmandchilik mahsuloti sotildi. Respublika miqiyosida 15 dan ortiq ko'rgazma, yamarkalar o'tkazildi.
v) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.05.2019 yildagi PF-5718-sonli farmoni mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, muammo va masalalarni o'rganish.
Qabulxonlarga tadbirkorlar o'z murojaatlarini internet sahifasi orqali onlayn, Qabulxona xodimlariga shaxsan murojaat qilish, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi “Call-Center” xizmatining (11-00, 211-00-00) qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qilish orqali yo'llashi va barcha murojaatlar yagona ma'lumotlar bazasida (business.gov.uz) jamlanishi yo'lga qo'yildi. 2019 yil 1 iyundan 9 iyulgacha bo'lgan davr mobaynida “Call-Center” xizmati orqali 821 ta murojaat kelib tushdi va o'rnatilgan tartibda yagona ma'lumotlar bazasiga kiritildi.
Farmon mazmun-mohiyatini targ'ib qilish, shuningdek mavjud muammolarni o'rganish maqsadida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o'tkazish bo'yicha Savdo-sanoat palatasi raisi rahbarligida tashkil etilgan respublika Ishchi guruhi tasdiqlangan grafikka asosan 1-23 iyun kunidan Surxondaryo, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona, Toshkent va Samarqand viloyatlarida ish boshladi.
Ishchi guruhi tomonidan grafikka asosan Palataga biriktirilgan 7 ta hududda uchrashuvlar o'tkazilib, ularda respublika va hududiy Ishchi guruh a'zolari hamda
5 877 nafar tadbirkor (Toshkentda 1 808, Samarqandda 1 014, Namanganda 756, Andijonda 717, Surxondaryoda 680, Farg'onada 488, Qashqadaryoda 414) ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda 1 652 nafar tadbirkor tomonidan jami 1 658 ta murojaatlar qayd etildi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammolar murojaatlar yagona elektron portaliga kiritilib, belgilangan muddatda ko'rib chiqilishi hamda hal etilishi bo'yicha doimiy monitoring olib borilmoqda.
g) Faoliyati to'xtatilgan korxonalar bilan ishlash, ular faoliyatini tiklash
Savdo-sanoat palatasi va Biznes-Ombudsman tomonidan tasdiqlangan grafik asosida joylarda faoliyatini vaqtincha to'xtatgan tadbirkorlar bilan jami 60 ta uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvlarda faoliyatini vaqtincha to'xtatgan tadbirkorlarning muammoli masalalari o'rganilib, hal etish choralari ko'rilmoqda.
Ko'rilgan choralar natijasida Respublika bo'yicha faoliyat ko'rsatmayotgan jami 199.9 mingta tadbirkorlik sub'ektidan 58.5 mingtasi yoki 29.3 foizining faoliyati tiklandi. Shu bilan birga, uzoq yillardan buyon faoliyat ko'rsatmasdan kelgan, faoliyatini tiklash istiqboliga ega bo'lmagan 57.2 mingta YATT faoliyati tugatilib, reestrdan chiqarilgan, shuningdek 1-yarim yillikda 56 251 ta yuridik shaxs, 66 445 ta YATT yangidan tashkil etildi.
d) Toshkent shahrida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosi.
Dastur doirasida Toshkent shahri uchun 347.9 mlrd. so'm mablag' yo'naltirildi, mablag' tumanlar va tijorat banklari kesimida taqsimlandi.
Aholini habardor qilish maqsadida maxsus videorolik va ko'rsatuvlar tayyorlanib, markaziy telekanallarda namoyish qilinmoqda, 700 mingta bukletlar nashr qilinib, uyma-uy xatlov o'tkazish jarayonlarida tarqatildi.
Yil boshidan 05.07.2019 yil holatiga 3 482 ta tashabbuskorga umumiy qiymati 267.3 mlrd. so'm kredit ajratildi va kredit rejasi 76.8 foizga o'zlashtirildi. Aynan yig'ilishdan so'ng o'zlashtirilgan mablag' 221 mlrd. so'mni yoki yil boshidan ajratilgan summaning 89.4 foizini tashkil etdi. Ajratilgan kreditlardan 3.5 mlrd. so'mdan ortig'i 462 nafar aynan kam ta'minlangan oilalarga ajratilgan.
Natijada 6 780 ta ish o'rni yaratilib, shundan 462 tasi aynan kam ta'minlangan oilalar a'zolari hisoblanadi.
O'z SSP Axborot xizmati
22.07.2019
16:36