Hurmatli tadbirkorlar!
2019 yil 7-8 avgust kunlari Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar “Tadbirkorlar markazi”da “Farg'ona – Xalqaro investitsion forumi” (International Investment Forum-Ferghana) nomli investitsiya forumi bo'lib o'tadi.
Mazkur forum hududlarga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatimizda iqtisodiyotning ochiqligini ta'minlash va qulay investitsiya muhitini yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning biznes hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillarini hududlarda mintaqalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud salohiyat va imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida o'tkazilmoqda.
Forumda respublikaning boshqa hududlaridan mahalliy va xorijiy investorlar hamda hamkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun 78 150-60-06, A.Mirashilovga murojaat qilishingiz mumkin.
Dasturni yuklab olish
O'z SSP Axborot xizmati
23.07.2019
12:05