Toshkentda “Karera kuni” tadbiri o‘tkaziladi
Joriy yilning 9 aprel kuni soat 09:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mamlakatimiz iqdisodiyoti tarmoqlari uchun tayyorlanayotgan kadrlarni ishlab chiqarish korxonalari talablariga muvofiqlashtirish hamda yosh mutaxassis kadrlarni ishga joylashtirish maqsadida “Karera kuni” tadbiri o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda zamonaviy mehnat bozorini rivojlantirish, yangi ish joylarini barpo etish, yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, kadrlarni tanlashning zamonaviy vositalarini tatbiq etishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2015 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yunalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, ularning xuquq va manfaatlarini himoya qilishga katta e’tibor qaratilishi hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasi doimiy e’tibor markazida turishi zarurligi ta’kidlandi.
Tadbirga Savdo-sanoat palata jamoasi vakillarini ham ishtirok etishadi.
Shuningdek, ushbu kuni soat 14:00da “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasida “Meva-sabzavot mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish va eksport salohiyatini mustaxkamlash omillari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.
07.04.2016
15:50