Hurmatli tadbirkorlar!
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “O'zbekiston temir yo'llari” Aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tadbirkorlarning Qozog'iston hududi orqali temir yo'llar transportida yuk tashish borasida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha Qozog'iston Respublikasi “Temir yo'llar” Milliy kompaniyasi vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Agar sizda shunday muammolar yuzaga kelayotgan bo'lsa, u holda 2019 yil 20 avgust kuniga qadar o'z murojaatlaringizni Ch.Yuldasheva, +99878150-60-06 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilib qoldirishingiz mumkin.
Tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini umumlashtirgan holda, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “O'zbekiston temir yo'llari” Aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda uchrashuv sanasi va joyi e'lon qilinadi.
O'z SSP Axborot xizmati
07.08.2019
18:26