Tadbirkorlikni ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi tasdiqlandi
Tadbirkor subyekti — jismoniy shaxs o‘z faoliyatini tugatishda qarzi yo‘qligi haqida xulosa olish talab etilmaydi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish muassislar qarori bilan amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilingandan keyingi ish kunida qaror va hujjatlar tegishli davlat xizmatlari markazi (DXM) va bankka taqdim qilinadi. DXM Tizim orqali tegishli ma’lumotlarni oladi.
Tugatiladigan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining eng uzog‘i uch yillik davri (amalda 5 yil) tekshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan va soliq qarzi bo‘lmagan korxonaning ushbu faoliyati tekshirilmaydi.
Davriy bosma nashrda e’lon berish talab etilmaydi.
Tadbirkor subyekti — jismoniy shaxs o‘z faoliyatini tugatishda qarzi yo‘qligi haqida xulosa olish talab etilmaydi.
Mazkur tartiblar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.May oyida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Loyihaga ko’ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarini tugatishning yangilangan tartibini joriy etish rejalashtirilgan edi.
23.08.2019
15:13