SSP da to'qimachilik va charm-poyabzal sanoati sohasida importni optimallashtirish hamda import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga bag'ishlangan davra suhbati
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida 2019 yil 29 oktyabr kuni to'qimachilik va charm-poyabzal sanoati sohasida importni optimallashtirish hamda import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha Ombudsman, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O'zcharmsanoat”, “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmalari hamda Savdo-sanoat palatasi mas'ul xodimlari mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari va importer korxonalar ishtirok etdi.
Davra suhbatini Savdo-sanoat paltasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov olib bordi.
Tadbirda “Respublikamizda import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishda sanoat tarmoqlari va tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari” mavzusida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Respublikamizda import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishda tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash” mavzusida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Charm-poyabzal sanoati sohasida import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari to'g'risida”gi mavzu bo'yicha “O'zcharmsanoat” uyushmasi mas'ul xodimlari taqdimot qildilar.
Tadbir davomida to'qimachilik va charm-poyabzal sanoatida import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish borasidagi mavjud muamoolar hamda tarmoq korxonalarining mahalliylashtirishga ehtiyoji mavjud bo'lgan mahsulotlar hususida fikr-mulohazalar almashildi.
30.10.2019
10:55