Ochiq muloqotga taklif etamiz
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Toshkent shahar hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari tomonidan qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning yo'nalishlari haqida keng ommaga tushuntirish maqsadida 2019 yil 22 noyabr kuni 15-00da ochiq muloqot tadbiri bo'lib o'tadi.
Mazkur tadbir yuzasidan sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, jamiyatda korrupsiya omillariga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, odil sudlovni amalga oshirish jarayonlari, sud faoliyatiga doir boshqa masalalar bo'yicha qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Shu munosabat bilan tadbirkorlarni ochiq muloqot tadbiriga taklif etamiz. Ro'yxatdan o'tish yuzasidan (71) 232 09 07 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling.
19.11.2019
18:24