“Startap Tashabbuslari” dasturining to’rtinchi davri boshlandi
19-noyabr kuni yoshlarning startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturining to'rtinchi davri boshlandi. Tanlov natijalariga ko'ra Toshkent shaxridan 43 ta startap loyihalari "Startap Tashabbuslari" dasturining to'rtinchi davrida ishtirok etadilar. Bu yil O'zbekiston viloyatlaridan alohida tanlov o’tkazilib 5 ta viloyatlarda ja’mi 178 ta loyihalar jamoalari uchun mahalliy seminarlar va mahorat darslari tashkil etiladi.
Bu yil ushbu dastur O'zbekistonning barcha mintaqalarini qamrab oldi va rekord darajadagi 648 ta arizani qabul qildi. Poytaxt viloyatidan qabul qilingan 289 ta loyihaga nisbatan hududlardan qabul qilingan 359 ta loyiha viloyat yoshlarining dasturda ishtirok etishlari sezilarli darajada yaxshilandi. Qizlar boshchiligidagi loyihalar Toshkentda ustunlik qilmoqda - hududlardagi 66 ta loyihaga nisbatan 79 ta loyiha. Arizalar soniga ko’ra 98 ta loyiha bilan turizm, sayyohlik va mehmondo'stlik xizmatlari yoshlar uchun eng ma’qul yo'nalish hisoblansa, 77 ta loyiha ijtimoiy sohalar, ekologiya, sport, ta'lim va shahar atrof-muhitiga tegishli loyihalar undan keyingi ikkichi ommalashgan soha bo’ldi. Tibbiyot sohasi, farmakologiya va biotexnologiya 61 ta loyiha bilan eng yaxshi uchta yo'nalishni ohirigisi bo’ldi. Bu yil shuningdek savdo va xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati (AgroTech va FoodTech), transport va logistika xizmatlari sohalari yoshlar uchun startaplarni rivojlantirish uchun istiqbolli yo’nalish sifatida qarashmoqda.
Dasturni besh kunlik intensiv seminar boshlab berib unda qatnashuvchilar “tejamkor startap” (Lean Startup) uslubiyatidan foydalangan holda startapni boshlash asoslarini o'rganadilar. O'quv mashg’ulotlaridan so'ng, yosh startapchilar o'z loyihalarini amaliy ravishda tadbiq etishga o'tadilar - ular loyihani amalga oshirish uchun yo'l xaritasini tuzadilar, loyihalarining qiymat takliflarini sinab ko'rishni boshlaydilar, maqsadli auditoriya ehtiyojlarini o'rganadilar, ishchi modellarni yaratadilar va savdo kanallarini sinab ko'rishni boshlaydilar.
Dastur davomida loyihalarga trekerlar, ya’ni tajribali murabbiylar yo’nalish berishadi va maslahanlar berishadi, jamoaning rivojlanishini kuzatib borishadi va maqsadlarga erishishda ko’rsatmalar berishadi. Keyingi ikki oy davomida ishtirokchilar uchun ixtisoslashgan mutaxassislar va muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokida startap loyihalarini amalga oshirish bilan bog'liq turli masalalar bo'yicha mahorat darslari va ekspert maslahatlari tashkil etiladi. Rossiya, Janubiy Koreya va AQSh davlatlari ekspertlari ishtirokida bir qator mahorat darslari va seminar/davra suhbatlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Dastur yakunida bitiruvchi jamoalar loyihalarini yanada rivojlantirish uchun “Demo day” kuni (Namoyish kunida) manfaatdor tashkilotlar va sarmoyachilarni jalb qilish uchun taqdim etadilar. Namoyish kuni natijalariga ko'ra eng yaxshi beshta loyiha startaplarni rivojlantirish uchun beg'araz sarmoyalar shaklida pul mablag'lari bilan taqdirlanadi.
Bu yil Toshkentdan tashqari Farg'ona, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida alohida seminarlar va mahorat darslari, trekerlar kuzatuvi, mahorat saboqlari va ekspert maslahatlari tashkil etiladi va unda 130 dan ortiq yoshlar loyihalarini ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Dasturning mintaqaviy bosqichi yakunlangach, ekspertlar guruhi tomonidan tanlab olingan eng yaxshi loyihalar Toshkentdagi yakuniy "Namoyish kuni" da o'z loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
"Suhbatlar natijalariga ko'ra biz loyihalar yanada qiziqarli, kontseptual va jamoalar “mukammalroq" ekanligiga amin bo'ldik. MVP (minimal ishchi model) ga ega bo'lgan jamoalar yanada ko'proq. Bu yaxshi tendentsiya. Sifat aniq yuqoriroq va bu juda hursand qiladi» - Alisher Yusupov, Brand.uz direktori, Startap Tashabbuslari dasturining mentori.
Ta'lim va xususiy sektor o'rtasidagi aloqani ta'minlash bilan dastur tomonlarning ehtiyojlariga javob beradigan istiqbolli yoshlarning g'oyalari, texnologiyalari va loyihalarini qidirish, tanlash va sinovdan o'tkazish, mamlakatning innovatsion va tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish uchun samarali o'zaro muloqot mexanizmini yaratishga yordam beradi.
Dasturni amalga oshirishda bu yil O'zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi va "Yoshlar kelajagimiz" jamg'armasi, “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg’armasi, "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi, "East Telekom" MChJ, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, "Ground Zero" va "C-Space" kovorking markazlari ham ishtirok etishmoqda.
Start-Up loyihalari bilan tanishing
19.11.2019
18:37