Tadbirkorlar diqqatiga!
2019 yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Delovaya Rossiya” Butunrossiya jamoat tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining Rossiyaning Samara shahriga tashrifini rejalashtirmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksportbop mahsulotlar savdosini kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.
Shu bilan birga, O‘zbekiston delegasiyasi uchun Rossiya tomoni aeroportdan Samara shahridagi mehmonxonagacha va mexmonxonadan aeroportga elitish bo‘yicha transport hamda bir kunlik mehmonxonada yashash xarajatlarini qoplaydi.
Rossiyaga borish-kelish uchun xarajatlar ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
O‘zbekiston tomonidan qatnashuvchi ishtirokchilar soni cheklanganligini ma'lum qilamiz.
Ushbu forumda ishtirok etish istagidagi mahalliy tadbirkorlar o‘z takliflarini ilovaga:https://forms.gle/ua1TQSARsKh35L9J6 muvofiq shakl asosida Savdo-sanoat palatasining Eksportga ko‘maklashish 2019 yil 6 dekabr soat 18-00 ga qadar yuborishlarini so‘raymiz.
SSP Axborot-xizmati
05.12.2019
17:00