Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlar ishtirokida seminar o'tkazildi
Seminarda viloyat prokuraturasi, viloyat soliq inspeksiyasi, viloyat bojxona boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilllik devoni va Respublika Savdo-sanoat palatasi mutassaddi xodimlari so‘zga chiqib, ishtirokchilarga mamlakatimizda oxirgi vaqtlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qonun hujjatlari bilan berilayotgan imtiyozlar hamda tadbirkorlik sub'ektlarini ijtimoiy himoyasi hususida tushuntirishlar berildi.
Dastlab seminarni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i M.Vaisov ochib, davlat rahbari tomonidan tadbirkorlarga alohida e'tibor qaratilayotganligi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilib, ayniqsa imtiyozli kreditlar ajratish mexanizmi yo‘lga quyilganligi, biroq hali ham davlat organlari va bank muassasasi hodimlari tomonidan tadbirkorlarga nisbatan korrupsion harakatlar uchrab turganligi achinarli holatligini ta'kidlandi.
Viloyat prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi aloxida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Ruslanbek Ismatov so‘zga chiqib tadbirkorlarga joriy yilning 11 oyiligida prokuratura idoralarida qayd etilgan tadbirkorlar sodir etgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonot berib, 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5729-sonli farmon mazmun-mohiyatini batafsil so‘zlab o‘tidi
Respublika Savdo-sanoat palatasining Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish boshqarmasi bosh yuriskonsul'ti Shukurov Bekzodjon seminarda korrupsiya tushunchasi, tadbirkorlik sohasidagi karrupsiya shakillari, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan xususiy mulkni himoya kilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish tadbirkorlarlik tashabbuslarini ko‘llab-quvvvatlash borasidagi PF-5491 va PF-5780-sonli farmonlari mazmun-moxiyatini tadbir ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.
Shuningdek viloyat soliq boshqarmasi soliq solish bo‘yicha maslaxat bo‘limi boshlig‘i S.Xudayberganov, 2019 yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar va yangiliklar, jumladan tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar haqida ma'ruza qilib, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar omillari haqida gapirib o‘tdi.
Seminar yakunida Xorazm viloyat Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshlig‘i M.Vaisov viloyatimizda tadbirkorlik sohasida alohida e'tibor qaratilganligini, mamlakatimizda sohaga oid qabul qilinayotgan qonu hujjatlarini ijrosi o‘z vaqtida ta'minlanayotganligi, ijtimoiy tarmoqlarda murojjaatlarni qabul qilish uchun maxsus kanallar ochilganligi hamda ushbu veb-saytlar orqali kelayotgan murojaatlar belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilayotganligini, Palata va davlat idoralari orasida hamkorlik yo‘lga quyilib,tadbirkorlarni muammolari to‘sqinliksiz bartaraf etilayotganligini aytib, yig‘ilishni yakunladi.
Bu kabi seminar Koraqalpog‘iston Respuplikasida xam o‘tkazilib, unda Qoraqalpog‘istonda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar N.Dao‘letaliev, M.Shimbergenov, J.Esmurzaev, Q.Sarsenbaev, B.Xalmuratovlar so‘zga chiqib o‘z faoliyatlari doirasidagi shuningdek tuman va shahar darjasida hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlarini bildirib, Savdo-sanoat palatasi vakili B.Shukurov hamda, Bojxona boshqarmasi vakili A.Urazoimbetovlar tomonidan huquqiy tushunchalar berildi.
Tadbirkorlik faoliyatlariga doir bu kabi seminarlar Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
09.12.2019
18:48