“Elektron hukumat targʻibotida kommunikatsiyalar ahamiyati” mavzusida seminar-trening
2016 yil 19 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida “elektron hukumat”ni rivojlantirish” hamda Osiyo Taraqqiyot Bankining “Samarali davlat boshqaruvi uchun “elektron hukumat” loyihalari” bilan hamkorlikda «Poytaxt» biznes markazida davlat idoralari mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Elektron hukumat targʻibotida kommunikatsiyalar ahamiyati” mavzuida seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Ushbu seminar-trening Elektron hukumat targʻiboti yuzasidan davlat organlari vakillari oʻzaro fikr almashish, amaliy ko'nikmalarini oshirish hamda mavjud ko'nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Matbuot xodimlari ishtirok etdilar.
Seminar-treningda tinglovchilar uchun Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi hamda Osiyo Taraqqiyot Bankining ““Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish yuzasidan 2016-2020 yillarga moʻljallangan kommunikatsiya strategiyasi”ning loyihasi, “Elektron hukumatni targ'ibot qilishdagi xalqaro tajriba va zamonaviy usullar”, “Kommunikatsion reja ishlab chiqishda dizayn-fikrlash” va “XXI asrda matbuot xizmatlari faoliyatini baholash mezonlari qanday?” mavzularida taqdimotlar taqdim etildi.
Seminar-trening dasturi va taqdimotlar bilan ushbu havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
Коммуникацион режа ишлаб чиқишда дизайн-фикрлаш (Рус)
ХХI асрда матбуот хизматлари фаолиятини баҳолаш мезонлари қандай(Узб).pptx
Электрон ҳукумат тарғиботида коммуникациялар аҳамияти (Рус)
Электрон ҳукуматни тарғибот қилишдаги халқаро тажриба ва замонавий усуллар (Рус)
19.05.2016
17:22