O‘zbekiston-Eron biznes-forumi va “В2В” muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri boshchiligidagi delegasiya vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2019 yil 12 dekabr kuni “O‘zbekiston-Eron” biznes forumi va “B2В” muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Forumda Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri Rizo Raxmoni, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, O‘zbekiston Respublikasi Investisiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Abdualiev, xamda mahalliy kompaniya vakillari ishtirok etishdi.
Forumda vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, AO «O‘zkimyosanoat», «O‘zQurilishMateriallari », XK «O‘zbekozikovkatxolding» kompaniyalarining bir qator taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi «В2В» uchrashuvi ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro muzokaralar olib borildi.
Ushbu biznes forumda qurilish va maishiy vositalar ishlab chiqarish, metall buyumlarni qayta ishlash, isitish va sovutish tizimlari, neft-kimyo mahsulotlari xamda kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, shuningdek muhandislik, transport va logistika, turizm, axborot texnologiyalari, qurilish, bank ishi, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, parrandachilik soxalarida ishlaydigan 100 dan ortiq yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.
12.12.2019
19:47