• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda. 

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 872 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1.Loyihaning 1-ilovasiga ko‘ra, superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibini belgilash nazarda tutilgan.

    Ammo, unda tanlovni o‘tkazishning murakkablashgan tartibi belgilangan bo‘lib, shu orqali tadbirkorlik sub'ektlari og‘irroq huquqiy holatga tushib qolishi mumkin.
    Xususan, ushbu ilovaning 11-bandida “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi Paxta va g‘allaning yangi, istiqbolli navlarini dastlabki ko‘paytiruvchi va rayonlashgan navlarning birlamchi urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi elita urug‘chilik  xo‘jaliklari tanlovda ishtirok etmasdan, superelita va elita urug‘lik paxta hamda g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘ladi”, - deb belgilangan.
    Bunda, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi xo‘jaliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yengilliklarni berish nazarda tutilgan. Bu esa, ushbu sohadagi boshqa tadbirkorlik sub'ektlarini qiyin huquqiy vaziyatga solib qo‘yishi mumkin.
    Shu bois, mazkur tanlovni o‘tkazishda barcha urug‘chilik xo‘jaliklari uchun teng bo‘lgan imkoniyatlarni nazarda tutish tavsiya etiladi.

    2.Loyiha 1-ilovasining 21-bandida tanlov ishtirokchilarini baholash ko‘rsatkichlari keltirilgan. Ammo, ushbu ko‘rsatkichlar orasida ishtirokchilarni baholashga aloqasi bo‘lmagan ortiqcha va keraksiz shartlar nazarda tutilgan.
    Shu bois, 1-ilovaning 21-bandidan “g”, “d”, “e”, “j”, “z”, “i” kichik bandlarni chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    3.Shuningdek, loyihaning 1-ilovasida tanlovda ishtirok etish uchun tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati hamda tanlov o‘tkazish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, shikoyat qilish tartibi nazarda tutilmagan.

    Bu esa, amaliyotda turli tushunmovchilik va noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
    Shu sababli, mazkur masalalarni aniq belgilash tavsiya etiladi. 

    4.Loyihaning 4-ilovasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik uchun ekilgan maydonlarida aprobasiya o‘tkazish tartibi belgilangan.

    “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, “aprobasiya — o‘simliklarning genetik (nav) jihatdan sofligini, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligini, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligini va ekish uchun mo‘ljallangan urug‘liklarning umumiy holatini aniqlash uchun dalada o‘tkaziladigan tekshiruv”dir.

    Ya'ni, bu tekshiruvni o‘tkazish tartibi faqatgina o‘simliklar holatini tekshirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi shart.
    Ammo, mazkur ilovada o‘simliklar holatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa normalar ham nazarda tutilgan.

    Xususan, ushbu ilovaning 2-bobi 15-16-bandlari, 17-bandining “d”, “e”, “j”, “z”  kichik bandlari, 8-paragrafi, 4-bobi 75-bandida aprobasiya o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan ortiqcha normalar belgilangan.
    Shu bois, mazkur normalarni loyihaning 4-ilovasidan chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    5.Loyihaning 5-6-ilovalariga ko‘ra, urug‘lik paxta va donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, saqlash, tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan normalarni belgilash nazarda tutilgan.
    Ammo, mazkur masalalarni tavsiyaviy xarakterda (aynan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlash emas, balki yo‘riqnoma tarzida) ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xususan, amaliyotda 
    “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan 2011 yilda ishlab chiqilgan Paxta qabul qilish va saqlash bo‘yicha Yo‘riqnoma mavjud.

    Bu boradagi faoliyat davom etmoqda.

     

    SSP Axborot xizmati

    19.12.2019

    09:46

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06