SSPda Amerika-O'zbekiston savdo palatasi raisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2019 yil 19 dekabr kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov AQSh-O'zbekiston savdo palatasi рrezidenti Kerolin Lemm bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar O'zbekiston-Amerika ko'p qirrali hamkorligi jadal rivojlanib borayotganini ta'kidladilar.
Uchrashuv davomida Kerolin Lеmm Adham Ikromovga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Savdo-sanoat palatasi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirishda, AQSh va O'zbekiston o'rtasidagi qo'shma dastur va loyihalarni amalga oshirish va qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynashini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat ishbilarmonlari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek, O'zbekiston va Amerika Qo'shma Shtatlari ishbilarmon doiralari ishtirokida 2020 yilgacha qo'shma tadbirlar o'tkazish masalalari muhokama qilindi.
19.12.2019
16:27