SSPda Ruminiya, Italiya va Yaponiyadan kelgan xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Ruminiya, Italiya va Yaponiyadan kelgan xalqaro kuzatuvchilar bilan qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Mehmonlar Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari Farizshox Usmonov tomonidan qabul qilindi.
Ruminiyaning "VoteWatchEurope" tahliliy markazi bosh direktori Doura Francesko bilan bo'lgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, ikki mamlakat ishbilarmonlari o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.
Madaniy uyushma prezidenti, AQ International kompaniyasining bosh ijrochi direktori, Italiyaning Fermerlar va tadbirkorlar milliy ittifoqi maslahatchisi Salvator Kachiola bilan uchrashuvda hozirgi kunda O'zbekiston va Italiya o'rtasida barcha sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan konstruktiv va jo'shqin munosabatlar mavjudligi ta'kidlandi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkaz ilmiy-tadqiqot instituti bosh direktori Tetsuji Tanaka bilan uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi ijobiy dinamika qayd etildi va ular sifat jihatidan yangi darajaga chiqish uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarni faollashtirish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar.
22.12.2019
17:00