SSPdaTurkiya va AQShdan kelgan xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar o'tkazildi
2019 yil 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibining o‘rinbosari Omer Kojaman va Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Stiven Nadernini qabul qildi.
Turkiyadan kelgan mehmon Omer Kojaman bilan bo'lgan uchrashuvda o'zaro savdo hajmini oshirish va turlarini kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlar, turk kompaniyalarining O'zbekistondagi istiqbolli loyihalarda ishtiroki muhokama qilindi. Shu bilan birga, sheriklikning ustuvor yo'nalishlari qishloq xo'jaligi, to'qimachilik, neft-gaz, kimyo va elektrotexnika sohalari ekani ta'kidlandi.
Amerika-O'zbekiston savdo palatasi raisi Stiven Naderni bilan uchrashuvda O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi va yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqish bo'yicha takliflar bildirildi.
22.12.2019
17:36