“ECO CCI” bosh kotibi Dr.Hodiy Suleymanpur O’zbekiston Savdo-sanoat palatasiga tashrif buyurdi
23-dekabr kuni O’zbekiston savdo sanoat palatasi raisining birinchi o’rinbosari Islom Jasimov Savdo-sanoat palatalarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO CCI) bosh kotibi Hodiy Suleymanpurni kutib oldi.
Islom Jasimov o’z nutqida Hodiy Suleymanpurga saylovlardagi faol ishtiroki hamda Savdo-sanoat palatasiga tashrifi uchun minnatdorchilik birldirib o’tdi.
“ECO CCI” haqida gap ketar ekan, men bu tashkilotning o’tgan yili tashkil etilgan anjumanida ishtirok etdim va shunga amin bo’ldimki, mazkur tashkilotning imkoniyatlari juda ham keng va o’z oldiga qo’ygan maqsadlari ijobiy tarzda amalga oshadi. Bundan tashqari poytaxtimiz Toshkentda ham ECO CCIga a’zo mamlakatlarning o’zaro uchrashuvi tashkil etildi hamda O’zbekistonning tashkilotdagi o’rni juda ham yuqori baholandi” dedi I.Jasimov. Shu bilan birga O’zbekistonda iqtisodiyotning barcha sohalari mavjudligi, hamda mamlakatimiz rahbari tomonidan ushbu soha rivoji uchun barcha chora tadbirlar ko’rilayotgani ham alohida ta’kidlab o’tildi.
Qayd etish lozim, O’zbekistonda so’nggi 2-3 yilda Eron-O’zbekiston qo’shma korxonalar 3000 taga ko'paydi, shundaan 260 dan ortig’i Eron kompaniyalarining 100 % kapitali ishtirokidagi korxonalardir. Tomonlar kelgusi yillarda istiqbolli rejalar samarasi sifatida bu ko’rsatkichlar yanada o’sishiga umid bildirishdi.
Tomonlar ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan 2020 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni rejalashtirib oldilar.
Hodiy Suleymanpur o'z navbatida O'zbekistonda bo’lib o’tgan savlovlarning shaffofligi va ochiqligi va bu xalqaro kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholanganligini alohida e'tirof etdi.O’zbek xalqini ushbu yutuqlar bilan tabriklab, kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishiga ishonch bildirdi.
23.12.2019
18:25