Buyuk Britaniyalik tadbirkor qishloq xo’jaligi sohasida hamkor qidirmoqda.
Mamlakatning jahon bozoriga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib berish salohiyatini yanada oshirish borasida 2020-yilning 4-fevral kuni, soat 11:00 da Savdo-sanoat palatasi binosida Buyuk Britaniya bozorlarga yetkazib berish uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini jahon bozorlaridan ulgurchi sotib olish sohasida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniya direktori bilan uchrashuv tashkil etiladi.
Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad buyuk britaniyalik tadbirkorga qishloq xo'jaligining eksport salohiyati va ayrim turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlari, dukkakli ekinlar (loviya, no'xat, mosh) ni Buyuk Britaniyaga sinov partiyalarini sotish va yetkazib berishda mahalliy tadbirkorlarning imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat. .
Uchrashuvda qatnashish istagida bo’lganlar, 2020-yilning 30-yanvarga qadar, tadbirda qatnashish uchun ariza shaklini to'ldirshlari va eksport qilinadigan qishloq xo'jaligi mahsulotlari katalogi va tijorat taklifini elektron ko'rinishini SSPning eksportga ko'maklashish idorasining s.azamov@chamber.uz elektron pochtasiga yuborishlari so’raladi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun SSPning eksportni ilgari surish boshqarmasi Azamov Sardor bilan bog'laning. + 99878-150-60-06 (ichki 1849).
22.01.2020
15:35