SSPning Farg‘ona viloyat xududiy boshqarmasi tomonidan mediasiya yo‘li bilan muammoli vaziyat sudgacha hal etildi
SSPning a'zosi bo‘lgan “Asaka bank” ATB va “MIR FERGANA TEX” XK o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi o‘z vaqtida bajarilmagan va shu bois 6,5 mlrd. so‘m miqdoridagi qarzdorlik summasi kelib chiqqan. Ushbu summani qarzdor tomon “Mir Fergana Tex” XKdan undirib olish masalasi bo‘yicha “Asaka bank” ATB Savdo-sanoat palatasining Farg‘ona viloyat xududiy boshqarmasiga murojaat etgan.
Ushbu murojaat buyicha Savdo-sanoat Palatasi Fargona viloyat xududiy boshkarmasi sudgacha kelishuv yuli bilan nizoni xal etish borasida tegishli mediasiya tadbirlarini o‘tkazdi. Olib borilgan muzokaralar davomida har bir tarafning so‘zlari tinglandi va muammoni hal etish choralari taklif etildi.
Muzokaralar natijasida “Feyxan Teks” MChJ va “MIR FERGANA TEX” XK bank oldidagi qarzdorliklari sudgacha xal etilishiga erishildi xamda yaratilgan 300 dan ortiq ishchi o‘rni saqlab qolindi.
P.S.: 2019-yil davomida Savdo-Sanoat Palatasi 1 835 ta tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida vujudga kelgan nizolarni sudgacha nizoni hal etish (mediasiya) jarayonida hal etgan.
Agarda sizning ham tadbirkolik faoliyatingizda shu kabi muammolar yuzaga kelsa o‘z hududingizdagi Savdo-sanoat paltasi yoki Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntlariga murojaat qilishingiz mumkin.
29.01.2020
16:32