SSPning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tadbirkorlarning huquq va maanfatlarini himoya qilmoqda
Termiz shahridagi “Shodlik” UChSXKsi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasiga o‘z huquqlarini himoya qilishda ko‘mak so‘rab murojaat etgan.
Murojaat mazmuniga ko‘ra Termiz shahar hokimligi 1 mlrd 700 mln so‘m miqdoridagi kompensasiyani “Shodlik” UChSXKga to‘lab berishi kerakligi ta'kidlangan.
Buni inobatgan olgan xolda SSPning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi sudga da'vo arizasi bilan murojat etgan.
Da'vo arizasiga ko‘ra, Termiz shahar hokimligidan 1 mlrd 700 mln so‘m miqdoridagi kompensasiya pulini undirish ishi “Shodlik” UChSXK foydasiga hal etilgan.
Agarda sizning ham tadbirkolik faoliyatingizda shu kabi muammolar yuzaga kelsa o‘z hududingizdagi Savdo-sanoat palatasi yoki Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.
30.01.2020
16:37