Qozog’istonning Shimkent shahrida navbatdagi “ShymkentBuild 2020” ko’rgazma - forumi bo’lib o’tadi
2020-yil 11-13-mart kunlari Qozog’istonning Shimkent shahrida joylashgan “KORME” ko’rgazmalar zalida navbatdagi “ShymkentBuild 2020” ko’rgazma - forumi bo’lib o’tadi.
“ShymkentBuild 2020” ko'rgazmasida qurilish tarmog’ining 8 ta asosiy bo'limi namoyish etiladi: qurilish materiallari va jihozlari; ichki va bezatish materiallari; isitish va suv ta'minoti; shamollatish va havoni tozalash; oyna texnologiyasi; keramika va tosh; yo'l qurilishi va maxsus jihozlar; yoritish va elektr-uskunalar.
Ma’lumot uchun, mazkur forum besh yil davomida 208 ta qurilish kompaniyalari va Italiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Turkiya va O'zbekistonning 4400 ga yaqin mutaxassislari uchun muloqot maydoniga aylanib kelgan.
Forum haqida batafsil ma’lumot olish va ro’yxatdan o’tish uchun www.shymkentbuild.kz
03.02.2020
18:09